Vyetnam Sotsialistik Respublikasi (vyetnamcha: Cộng Hòa Xã Hội Chủ Nghĩa Việt Nam) – Janubi-Sharqiy Osiyoda Hindixitoy yarimorolida joylashgan mamlakat. Maydoni – 330 ming 991 km2. Aholisi – 90 549 390 kishi (2011). Maʼmuriy jihatdan 63 viloyat (tin) va markazga boʻysunuvchi 4 shahar – Xanoy, Xoshimin (sobiq Saygon) Xayfon va Xyuega boʻlinadi. Poytaxti – Xanoy shahri.
Davlat tuzumi thumb|Vyetnam provinsalari Vyetnam yakka partiyali kommunist davlatdir. Amaldagi konstitutsiyasi 1980-yil 19-dekabrda qabul qilingan (keyinchalik oʻzgartish va tuzatishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi Millat majlisi tomonidan 5 yil muddatga saylanadigan prezident (2024-yildan Lương Cường). Davlat hokimiyatining oliy organi va qonun chiqaruvchi hokimiyat – Millat majlisi. Ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
Tabiati Mamlakat hududining 80% idan ortigʻi togʻlar va yassi togʻlardan iborat. Shimolda chuqur daryo vodiylariga boʻlingan Yunnan togʻligi, markaziy va janubiy qismlarida Annam togʻlari tizimining ayrim massivlari (Kontum, Darlak, Mnong va boshqalar) joylashgan. Vyetnamning eng baland nuqtasi ham shu yerda – 3280 m. Dengiz sohili past tekisliklardan iborat, ularning eng kattalari shimolda Xongxa va janubda Mekong daryolari etaklarida.
Iqlimi
Qishda quruq, yozda seryomgʻir musson subekvatorial. Oʻrtacha harorati shimolda iyul oyida 27-29 °C, yanvarda esd 14-17 °C, janubda 24-26 °C gacha. Yillik yogʻingarchilik miqdori 1500–3000 mm. Iyun va avgust oylarida toʻfonlar boʻlib turadi. Vyetnam geografik jihatdan tropik mintaqada joylashgan, ammo shimoli-sharqdan sovuq havo toʻlqinlari Vyetnamning shimoliy yarmiga taʼsir qilishi mumkin. Shimoliy Vyetnam subtropik iqlimga ega, markaziy va janubiy hududlar esa tropik iqlimga ega.
Daryo va oʻrmonlari Daryolari sersuv. Ularning eng kattalari – Mekong va Xongxa. Qir va togʻlarda qizgʻish-sariq laterit, daryolarning etaklarida – allyuvial tuproqlar. Vyetnam hududining 40 % oʻrmon bilan qoplangan; togʻlarning quyi yon bagʻirlaridagi doimiy yashil tropik oʻrmonlar balandlikdagi subtropik oʻrmonlarga ulanib ketadi. Yassitogʻliklar va platolarda siyrak savanna oʻrmonlari va butalar oʻsadi. Vodiylarda bambuklar, dengiz sohillarining ayrim joylarida mangra oʻrmonlari uchraydi. Batma-Xayvan milliy bogʻi va koʻpgina qoʻriqxonalari bor. Oʻrmonlarda gibbon, makaka, ayiq va yoʻlbars, katta boʻgʻma ilon, yirik echkemarlar, oq va yashil toʻti, savannalarda hind fili, karkidon, jayran, yovvoyi buqa, jayra, tovus, burgut, delta va botqoqliklarda qizil gʻoz, laylak, qarqara, oʻrdak, yovvoyi gʻoz, daryolarida baliqlar yashaydi.
Aholisi Aholisining 86 %i vyetnamlar. Tailar, kxmerlar, meo yoki myaolar, man yoki yaolar, xmonglar, xitoylar va boshqa ham yashaydi. Rasmiy tili – Vyetnam tili. Aholining 34 shaharlarda istiqomat qiladi. Dindorlarning – 55 %i buddaviylar, 7 % katoliklar. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar ham bor. Yirik shaharlari: Xanoy, Xoshimin, Danang, Xayfon, Namdin.
Tarixi thumb|left|Bronzadan yasalgan Mil. av 1-ming yillikning oʻrtalarida hozorgi Shimoliy Vyetnam hududida vetnamlarning ajdodlari yashagan. Mil. av. III asrda Qizil daryo deltasida ularning ilk quldorlik davlati – Aulak tashkil topgan. Shu davr qadimgi Vetnam xalqi – lakvetlar madaniyatining paydo boʻlishi davri hisoblanadi. Mil. av. 207-yilda Aulak vetlar davlati – Namvet bilan qoʻshilib ketdi. Mil. av. II-I asrlarda Namvetga Xitoyning Xan sulolasi hukmron edi. Bu davlat VII asrgacha Zyaoti, keyin Annam deb nomlanib keldi. Lakvetlar xitoy feodallarining xitoylashtirish siyosati va zulmiga qarshi uzoq vaqt kurashdi va, nihoyat, 939-yilda mustaqillikka erishdi. 968-yilda mamlakat Daykovet (Buyuk Qad. Vet) nomini oldi. Keyinchalik bu davlat Jan-Sharqiy Osiyodagi yirik feodal davlatga aylandi. Li sulolasi davri (1069—1225)da mamlakat Dayvet deb atala boshladi. Poytaxt Tang-Long (hoz. Xanoy)ga koʻchirildi.
XVI asrdan boshlab Hindixitoyga Yevropa savdogarlari kela boshladi. Sekin-asta Portugaliya (1535-y), Gollandiya (1631-y), Fransiya (1672-y) savdo-tijorat idoralari paydo boʻldi. Ular savdogarlar bilann missionerlarga tayanib, yarim orolni mustamlaka qilishga kirishdi.
XVIII asrda oʻrtalarida butun mamlakatda iqtisodiy tanglik vujudga keldi. Markaziy viloyatlarda dehqonlarning gʻalayonlari kuchayib ketdi. 1771-yilda dehqonlarning eng yirik qoʻzgʻoloni boshlandi. Bu qoʻzgʻolon tarixda Teyshenlar qoʻzgʻoloni nomi bilan mashhur. Mamlakat janubiy qismining hukmdori Nguyen An Teyshenlar qoʻzgʻolonini bostirib, Shimoliy Vyetnamni ham egalladi. 1804-yilda mamlakat Vyetnam nomini oldi. Nguyen An oʻzini Zya Long nomi bilan xoang (imperator) deb eʼlon qildi (1806). Poytaxt Xyue shahriga koʻchirildi. Konchilik rivojlandi, tovar-pul aloqalari kengaydi. Ammo Vyetnam xalqining mustaqil rivojlanishiga mustamlakachi davlatlar tajovuzi toʻsqinlik qildi. Fransiya „missionerlarni himoya qilish“ bahonasi bilan Vyetnamga qarshi urush ochib (1858), 1884-yilda oʻz mustamlakasiga aylantirdi. 1887-yilda Fransiyaning Koxinxin (Janubiy Vyetnam) mustamlakasi, Annam (Markaziy Vyetnam) hamda Tonkiy (Shimoliy Vyetnam) protektoratlari Kamboja va Laos bilan birga Hindixitoy Ittifoqiga birlashtirildi. Chet el hukmronligi oʻrnatilishi davrida va oʻrnatilgandan keyin koʻtarilgan xalq qoʻzgʻolonlari bora-bora milliy ozodlik harakatiga aylanib ketdi va XX asr boshlarida u yangi bosqichga koʻtarildi. Fransiyada muhojirlikda yurgan Nguyen Ai Kuok (Xo Shi Min) Fransiyaning boshqa mustamlakalaridan kelgan muhojirlar bilan birga fransuz mustamlaka xalqlari Ligasini tuzdi. Shu vaqtda mamlakatda ishchilar harakati ham rivojlana bordi. 1930-yilda Yenbay portidagi vetnamlardan iborat oʻqchi polkning fransuzlarga qarshi koʻtargan qoʻzgʻoloni milliy ozodlik kurashining avj olishiga turtki boʻldi.
Vyetnamning mustaqilikka erishishi thumb|left|150px|Vyetnam xaritası Ikkinchi jahon urushi davrida yapon militaristlari Vyetnamni bosib olgach (1940) vatanparvar kuchlar yapon va fransuz mustamlakachilariga qarshi kurashdi. 1941-yil may oyida Vyetnam mustaqilligi uchun kurash Ligasi (Vet-Min) tashkil qilindi. 1944-yil dekabrda qurollangan otryadlar, partizan guruhdari va xalq lashkarlari birlashib, Vyetnam ozodlik armiyasi tuzildi. 1945-yilning mayida ozodlik uchun kurashayotgan hamma kuchlar Vyetnamni ozod qilish armiyasi (keyinchalik Vyetnam xalq armiyasi)ga birlashtirildi. Iyunda Shimoliy Vyetnamning olti viloyati yaponlardan ozod qilindi. Markaziy va Janubiy Vyetnamda partizanlar kurashi hamda ozodlik Umum Vetnam Milliy kongressi qurolli qoʻzgʻolonni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi va Xo Shi Min rahbarligida Milliy ozodlik komiteti (Muvaqqat hukumat) tuzildi. Mamlakatning koʻp qismi mustamlakachilardan ozod qilinib, 1945-yil 2-sentabrda mustaqil Vyetnam Demokratik Respublikasi (VDR) tuzildi. Ikkinchi jahon urushida yapon militaristlari tor-mor qilingandan soʻng 1945-yil dekabrdan boshlab Vyetnamga fransuz mustamlakachilari bostirib kirdi. Ular avval Vyetnam janubida harbiy harakatlarni avj oldirdilar, soʻng butun mamlakat boʻylab bosqinchilik urushini olib bordilar. Fransuz qoʻshinlarining qator magʻlubiyatlari (ayniqsa 1954-yil Denbenfu atrofida) hamda jahondagi tinchliksevar kuchlarning talabi natijasida Fransiya hukumati urushni toʻxtatishga va 1954-yil Jeneva bitimini tuzishga majbur boʻldi. Biroq Janubiy Vyetnam maʼmurlari 1955-yil oktabrda Janubiy Vyetnamni mustaqil respublika deb eʼlon qildi va mamlakatda terrorchi rejim oʻrnatildi. Mamlakat AQSh harbiy bazasiga aylandi. Janubiy Vyetnam vatanparvarlarining diktaturaga qarshi kurashi xalq kurashi tusini oldi. 1964—65 yillarda Janubiy Vyetnam vatanparvarlariga qarshi urush olib borayotgan AQSh VDR ga ham hujum qildi. 1964-yil avgust boshlarida bir necha harbiy istehkom va aholi punktlari, 1965-yil 7-fevraldan VDRning janubiy viloyatlari, keyinchalik butun mamlakat bombardimon qilindi. 1969-yilda Janubiy Vyetnam Respublikasi Inqilobiy muvaqqat hukumati tuzildi. 1973-yil yanvarda Parijda urushni toʻxtatish va Vyetnamda tinchlik oʻrnatish toʻgʻrisida bitim imzolandi. 1976-yil iyulda Shimoliy va Janubiy Vyetnamni birlashtirish tugallandi, Vyetnam Sotsialistik Respublikasi tuzildi. Vyetnam 1977-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 17-yanvarda oʻrnatgan. Milliy bayrami 2-sentabr – Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1945)Istoriya Vostoka: v 6 t. / T. 6: Vostok v noveyshiy period (1945—2000 gg.) / [otv. red.: V. Ya. Belokrenitskiy, V. V. Naumkin]. – M.: Vostochnaya literatura RAN. 2008. S.717-718.
Siyosiy partiyalari Siyosiy partiyasi, kasaba uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlari. Vyetnam Kommunistik partiyasi, 1930-yilda tuzilgan; Vyetnam vatan fronti, VSR siyosiy partiya va jamoat tashkilotlarini birlashtiruvchi yagona front, 1977-yilda tuzilgan; Vyetnam mehnat umumiy konfederatsiyasi, 1929-yilda tuzilgan. Jahon kasaba uyushmalari federatsiyasiga kiradi.
Xoʻjaligi Vyetnam sanoati rivojlangan agrar mamlakat hisoblanadi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 36,6 %, sanoatning ulushi – 20,9 %ni tashkil etadi.
Sanoati Sanoati tarkibida yengil va oziq-ovqat tarmoqlari ustun. Juda koʻp kichik sholi oqlash, qand-shakar, pivo va konserva zavodlari, choy va tamaki fabrikalari bor. Xanoy, Namdin, Xayfon, Xoshimin va boshqa shaharlarda toʻqimachilik kombinatlari, trikotaj fabrikalari ishlab turibdi. Elektr energiya asosan issiqlik elektr stansiyalarida hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 10,8 mlrd. kVt-soat). Konchilik sanoatida toshkoʻmir, qalay (Kaolang viloyatida), xromit (Kodin), apatit, volfram qazib olinadi. Kaobangda kapay, Langshonda alyuminiy, Txaynguyen, Benxoada poʻlat eritish korxonalari bor. Mashinasozlik mahsulotlari orasida stanoklar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, konchilik mashina-uskunalari, nasoslar, radiopriyomniklar, televizorlar, transport vositalari ishlab chiqarish asosiy oʻrinni oladi. Mashinasozlik korxonalari asosan Xanoy, Xoshimin, Benxoa, Kamfa, Xayziong va Xadong sh.da joylashgan. Qora va rangli metallurgiya, metallni qayta ishlash sanoati mavjud.Company overview // Ofitsialniy sayt Beeline VN Vetnamskiy GTEL Mobile nachinaet rabotat pod brendom Beeline. Xayfon va Xoshiminda kemasozlik korxonalari, Xanoy, Vetchi, Lamtxao shaharlarida va mamlakat janubida kimyo sanoati korxonalari ishlab turibdi. Binokorlik materiallari sanoati korxonalari, yogʻochsozlik va sellyuloza-qogʻoz, kauchukni qayta ishlash korxonalari borRossiysko-Vetnamskie otnosheniya // Ofitsialniy sayt MID Rossii..
Qishloq xoʻjaligi Qishloq xoʻjaligi sohasida mehnatga layoqatli aholining qariyb 75 %i mashgʻul. 5 mln.ga yerda qishloq xoʻjaligi ishlari olib boriladi. Ayrim hududlarda 2—3-marta hosil olinadi. Vyetnamda asosiy qishloq xoʻjalik ekini sholi. Batat, maniok, makkajoʻxori, sabzavot, texnika ekinlaridan shakarqamish, choy, tamaki, shuningdek ananas, banan, kofe, kauchuk, efir moyli ekinlar ham yetishtiriladi. Chorvachilikning asosiy tarmogʻi – choʻchqachilik. Bundan tashqari qoramol, parranda boqiladi. Baliq ovlanadi.
Transporti thumb|270px|right|Ha Long Koyu, Vyetnamdagi kemalar harakati thumb|250px|A Vyetnam Aeroporti Boeing 777. Temir yoʻlning uzunligi – 2,6 ming km, avtomobil yoʻllarining uzunligi – 300 ming km, ichki suv yoʻllarining uzunligi – 40 ming km ga yaqin. Asosiy dengiz portlari: Xoshimin, Xayfon, Danang, Xonggay, Kamfa. Xoshimin va Xanoyda xalqaro aeroportlar bor.
Vyetnam chetga neft, koʻmir, sholi, kauchuk, qalay, kofe, baliq hamda dengiz va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari chiqaradi. Chetdan neft mahsulotlari, oʻgʻit, poʻlat, prokat, sement, paxta, mashina asbob-uskunalari oladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Yaponiya, Singapur, Gonkong, Janubiy Koreya, Fransiya, Avstraliya, Germaniya. Pul birligi – dong.
Tibbiy xizmati