Katheryn Elizabeth HudsonRussell Brand files for divorce , TMZ.com, 30-dekabr 2011-yil. (; 25-oktabr 1984-yilda tugʻilgan), taxallusi — Katy Perry () — amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va aktrisa. Perry Kaliforniyaning Santa Barbara shahrida tugʻilib oʻsgan. Konservator ota-onasi unga ommabop pop musiqa tinglashni taqiqlashar edi. U yoshligidan gospel musiqaga qiziqqan. Perry Red Hill Records bilan shartnoma imzolab, 2001-yilda Katy Hudson nomli albom chiqargan, biroq bu albom tijoriy jihatdan muvaffaqiyatsiz boʻldi. Perry Red Hill Records bilan ishlashni toʻxtatgandan soʻng, dunyoviy musiqa bilan shugʻullanish maqsadida Los Angelesga koʻchib oʻtdi va keyinchalik produserlar — Glen Ballard, Dr. Luke va Max Martin bilan ishlashni boshladi. 2007-yilning aprelida u Capitol Records studiyasidan shartnoma imzolab, Katy Perry degan taxallus olgan.

Perry tijoriy muvaffaqiyatga 2008-yili One of the Boys nomli ilk studiya albomini chiqarib erishdi. Keyin olamshumul hit boʻlgan „I Kissed a Girl“ ashulasini chiqardi. Bundan soʻng u „Hot n Cold“ va „Waking Up in Vegas“ kabi qoʻshiqlar yozib, faoliyatini davom ettirdi. Perry albomiga bagʻishlangan Hello Katy Tour turnesini boshladi. Ikkinchi studiya albomi Teenage Dream koʻp mamlakatlarda chartlar tepasiga koʻtarildi. Undan Billboard Hot 100 hit-paradiga kirgan beshta singl — „California Gurls“, „Teenage Dream“, „Firework“, „E.T.“ va „Last Friday Night (T.G.I.F.)“ joy olgan. Perry birdaniga beshta ashulasi bilan Hot 100 ga kirgan birinchi ayol qoʻshiqchi boʻldi (ungacha faqat Michael Jackson Bad albomi (1987) bunga muvaffaq boʻlgan edi). Shu albomini dastaklash uchun Perry California Dreams Tour turnesini boshladi . Teenage Dream albomidan soʻng Katy Perry „Part of Me“ nomli yana bir hit qoʻshiq yozdi.

Katy Perry shaxsiy hayoti ommaviy axborot vositalari eʼtiborida boʻlib kelmoqda. Artist Travie McCoy bilan boʻlgan omadsiz munosabatlaridan keyin u 2010-yili britaniyalik qiziqchi Russell Brandga turmushga chiqdi. 2011-yil dekabrida Brand ajrashishini eʼlon qildi. Perry shuningdek 2012-yili Part of Me nomli musiqiy-biografik filmda suratga tushdi. Hayoti 1984—1998-yil: Ilk hayoti Katheryn Elizabeth Hudson 1984-yil 25-oktabrda AQShning Kaliforniya shtatidagi Santa Barbara shahrida pentecostal ruhoniylari oilasida tugʻilgan. Uning onasi Mary Christine (qizlik familiyasi Perry), otasi esa Maurice Keith Hudson. Uning ota-onasi yangitdan tugʻilishgan xristianlardir, sababi ularning har biri „yovvoyi ulgʻayishdan“ keyin dinni qabul qilishgan. Perry ingliz, olmon, irland va portugal ajdodlariga ega hisoblanadi. Onasi tomonidan u amerikalik film rejissor Frank Perryning jiyanidir. Uning qoʻshiqchi boʻlgan David ismli ukasi hamda Anjela ismli opasi mavjud.

thumb|upright|Perry 2014-yilning iyulida boʻlib oʻtgan Prismatic World Tour gastrol safari davomida.

3 yoshdan 11 yoshgacha Perry, butun mamlakat boʻylab oilasi bilan tez-tez bir shahardan boshqa shaharga koʻchishgan, chunki ota-onasi qayta Santa Barbara shahriga joylashishidan avval, bir nechta cherkovlar tashkil etishgan. Ulgʻayganida, u boshlangʻich va oʻrta maʼlumotni diniy maktablarda va lagerlarda, shu jumladan Arizona shtatidagi Paradise Valley nasroniy maktabida va Kaliforniyadagi Santa Barbara xristian maktabida olgan. Uning oilasi moliyaviy jihatdan ancha qiynalishgan.

Diskografiyasi

Katy Hudson (2001) One of the Boys (2008) Teenage Dream (2010) Prism (2013) Witness (2017) Smile (2020)

Filmografiyasi

Smurflar (2011) Katy Perry: Part of Me (2012) Smurflar 2 (2013) Brand: A Second Coming (2015) Katy Perry: The Prismatic World Tour (2015) Katy Perry: Making of the Pepsi Super Bowl Halftime Show (2015) Jeremy Scott: The Peopleʼs Designer (2015) Zoolander 2 (2016) Popstar: Never Stop Never Stopping (2016) Gastrollari Hello Katy Tour (2009) California Dreams Tour (2011—2012) Prismatic World Tour (2014—2015) Witness: The Tour (2017—2018)

Manbalar

Havolalar Rasmiy sayti

Katy Perry Twitter sahifasi Katy Perry Facebook sahifasi Katy Perry YouTube sahifasi Katy Perry MySpace sahifasi

Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik ovoz aktrisalari Turkum:Amerikalik ayol modellar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:MTV Europe Music Award sovrindorlari Turkum:Brit mukofoti sovrindorlari Turkum:LGBT huquqlari faollari Turkum:Amerikalik gitarachilar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqnavislar Turkum:Amerikalik ayol pop-qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik rok-qoʻshiqchilar Turkum:Qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ijrochilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar