Arslonshoh Gʻaznaviy (toʻliq ismi: Sulton ud-Davla Abulmuluk Arslonshoh ibn Masʼud; 1092-yilda tugʻilgan — 1119-yilda vafot etganClifford Edmund Bosworth, The Later Ghaznavids: Splendour and Decay, The Dynasty in Afghanistan and Northern India 1040–1186, (Columbia University Press, 1977), 95-98. ) — 1116—1117-yillarda Gʻaznaviylar davlati hukmdori.

Tarjimai holi 1116-yilda Arslonshoh akasi Sherzodni hokimiyatdan agʻdarib, Gʻaznaviylar taxtini egalladi hamda Bahromdan tashqari (Zamindavarda edi) qolgan barcha ukalarining koʻzini koʻr qildirdi yoki qamoqqa tashladiClifford Edmund Bosworth, The Later Ghaznavids: Splendour and Decay, The Dynasty in Afghanistan and Northern India 1040–1186, 91.. Shuningdek, Abulfath Yusufni oʻz vaziri etib tayinladi. Bahrom dastlab Tiginobodda Arslonshohdan magʻlub boʻlgach, Saljuqiylar sultoni Sanjarga murojaat qildi. Sanjarning singlisi Gavhar Xotun Arslon ibn Mas’udning oʻz ukalariga nisbatan muomalasidan qattiq ranjigan ediThe history of India, Volume 1 The History of India, Mountstuart Elphinstone Author Mountstuart Elphinstone Publisher J. Murray, 1841. Gavhar Xotunning taʼsiri va ehtimol oʻzining siyosiy manfaatlari sababli Sanjar Arslonshohdan ukalarini ozod etishni talab qildi, ammo rad javobini olgach, otliq va piyoda askardan iborat qoʻshin bilan yurish boshladiTarikh-i-Ferishta or history of the rise of the Mahomedan power in India till the 1612 by Mahomed Kasim Ferishta; Translated by John Briggs; Published 1831.

Arslonshoh qattiq qarshilik bilan kechgan jangdan soʻng magʻlubiyatga uchrab, Gʻaznaga qochdi. Gʻazna tashqarisidagi tekislikda yana qatʼiy magʻlubiyatga uchrab, Hindistonga qochdiC. E. Bosworth, The Later Ghaznavids, 96.. Hindistonda Bu Halim Shayboniylar oilasi qoʻlloviga erishdiBu Ḥalim Šaybani family, C. E. Bosworth, Encyclopaedia Iranica, (December 15, 1989).[]. Gʻazna esa 40 kun davomida talon-toroj qilinib, yakunda Bahrom Sanjarning vassali sifatida taxtga oʻtqazildi. Biroq Sanjar qoʻshinini olib ketishi bilanoq, Arslonshoh yana qaytib kelib, Gʻaznada qolgan Bahrom ibn Mas’udni quvib chiqardi. Bu harakat Sanjarni yana yurish boshlashga majbur qildiC. E. Bosworth, The Later Ghaznavids, 97-98.. Bu kurash Arslonshoh uchun soʻnggisi boʻldi. Arslonshoh afgʻonlar orasidan boshpana izlashga majbur boʻldi. Biroq Sanjarning odamlari quvib yetib, Arslonshohni oʻldirdi. Natijada, Bahrom ibn Mas’ud Arslonshoh atigi 2 yil egallab turgan taxtni bemalol egallashga muvaffaq boʻldiMountstuart Elphinstone, The History of India, Vol. 1, Publisher J. Murray, 1841.

Yana qarang Gʻaznaviylar Gʻuriylar Eldegiziylar

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Gʻaznaviylar Turkum:1118-yilda vafot etganlar Turkum:12-asr Hindistonda Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Gʻazneviylar davlati hukmdorlari