Uspen tumani — Pavlodar viloyati tarkibidagi tuman. Tumanning maʼmuriy markazi — Uspenka qishlogʻi. Maydoni — 5,5 ming km².

Geografiyasi Shimoliy va shimoliy — gʻarbidan Qashir tumani bilan, gʻarbiy va janubiy-gʻarbidan Pavlodar tumani bilan, janubiy-sharqidan — Sherbaqti tumani bilan, shimoliy-sharqidan — Oltoy oʻlkasi bilan chegaradosh.

Iqlimi Iqlimi keskin kontinental, yanvar oyining oʻrtacha harorati -18º -19 °C., iyulniki +20º +21 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 250-300 mm-ni tashkil qiladi.

Aholisi 1999-yili tuman aholisi — 21,4 ming kishini, 2012-yili esa — 14,4 ming kishinin tashkil qildi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2012-yil) qozoqlar — 4 414 kishi (34,24 %) ruslar — 3 631 kishi (28,17 %) ukrainlar — 2 827 kishi (21,93 %) olmonlar — 1 235 kishi (9,58 %) tatarlar — 114 kishi (0,88 %) beloruslar — 106 kishi (0,82 %) boshqalari — 563 kishi (4,36 %) Umumiy — 12 890 kishi (100,00 %)

Tarixi RSFSR UMIQ Prezidiumining 1935-yilgi 31-yanvardagi Farmoni bilan Lozovskiy tumani tashkil topdi, Qozoq KSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1963-yilgi 2-yanvardagi Farmoniga binoan Lozovskiy tumani tarqatilib, uning oʻrniga Uspen tumani tashkil topdi.

Hududiy boʻlinishi Tuman tarkibida 13 ta qishloqlar mavjud: Uspen, Bogatirskiy, Ilichyovskiy, Kovalyovskiy, Qaratay, Lozovskiy, Olginskiy, Pavlovskiy, Ravnopolskiy, Tauiljan, Temiryazevskiy.

Taʼlim Tumanda 20 ta umumiy oʻrta bilim beruvchi maktablar mavjud, uning 17 tasi oʻrta, 2 tasi asosiy va 1 boshlangʻich maktab. Tuman qozoq tilida dars beruvchi atigi bitta maktab bor.

Tibbiyot Tumanda 40 kishilik Uspen tuman markaziy kasalxonasi, 25 kishilik Konstantinovka qishlogʻining uchaskalik kasalxonasi, 15 kishilik silga qarshi kasalxona, 4 ta shifokorlik ambulatoriya, 14 ta tibbiyot punktlar, tuman sanitar-epidemiologik stansiya va 7 ta xususiy dorixonalar mavjud.

Manbalar

Turkum:Qozogʻiston tumanlari