Taran tumani — Qoʻstanoy viloyatining shimoli-gʻarbida joylashgan. 1936-yili tashkil topgan. Maydoni 7,6 ming km². Aholisi 28 592 kishi (2010). Tumanning maʼmuriy markazi — Taran qishlogʻi. Tuman yeri asosan tekisliklardan tashkil topgan.

Aholisi Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil): ruslar — 10 231 kishi (37,17 %) qozoqlar — 7 506 kishi (27,27 %) ukrainlar — 4 527 kishi (16,45 %) olmonlar — 2 792 kishi (10,14 %) beloruslar — 959 kishi (3,48 %) tatarlar — 439 kishi (1,59 %) boshqirdlar — 150 kishi (0,54 %) ozarbayjonlar — 145 kishi (0,53 %) moldavanlar — 114 kishi (0,41 %) armanlar — 109 kishi (0,40 %) boshqalari — 552 kishi (2,00 %) Umumiy — 27 524 kishi (100,00 %)

Hududiy boʻlinishi tumanda 1 kent, 4 ta qishloq va 11 ta qishloq okruglari mavjud.

Asosiy qishloq aholi punktlari: Asenkritovka, Viktorovka, Pavlovka, Varvarinka, Ayatskoe, Orenburgskoe, Novo-Ilinovka, Valeryanovka, Nelyubinka, Yekaterinovka, Yubileynoe va hakazolar.

Manbalar

Havolalar Taran tuman hokimyatining rasmiy sayti

Turkum:Qozogʻiston tumanlari Turkum:Beyimbet Maylin tumani