thumb|250px thumb|right|250px|Toʻqtoʻgʻul suv ombori Toʻqtoʻgʻul tumani () — Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyatidagi tuman.
Maʼmuriy markazi — Toʻqtoʻgʻul qishlogʻi.
Tarixi 1926-yilda tuman sifatida tashkil etilgan. Tuman tashkil topgunga qadar 1920-yilda Qirgʻiziston hududida Sovet hokimiyati oʻrnatilishi bilan Namangan uyezdiga qarashli boʻlgan Ketmontepa vodiysida Muztoʻr, Suvsamir va Arim boʻlisliklari mavjud boʻlgan. 1926-yilda bu uch volost birlashtirilib, tuman tashkil etildi. 1939-yilgacha Ketmontepa tumani mashhur shoir, qoʻshiqchi, mutafakkir Toʻqtagʻul Satilgʻan oʻgʻli sharafiga nomlangan.
1930-yil sentyabrda Qirgʻiziston SSR tarkibida Ketmontepa tumanining markazi Qorasuv-Aqchiy qishlogʻi boʻlib, tashkil etilgan. 1936-yil sentyabrda markazi Uch-Terek qishlogʻi boʻlib qayta tashkil etildi. 1939-yilda Ketmontepa va Uch-Terek tumanlari Jalolobod viloyati tasarrufiga oʻtgan. 1940-yil dekabrda Ketmontepa tumani Toʻqtagʻul tumani deb ataldi, markazi Toʻqtagʻul qishlogʻi boʻlgan. 1956-yilda Uch-Terek tumani tugatilib, Jalolobod viloyatidan Oʻsh viloyati tarkibiga kirdi. 1980-yilda Toʻqtagʻul tumani Oʻsh viloyati tarkibidan chiqib, Talas viloyati tarkibiga oʻtkazildi. 1988-yilda Talas viloyati tugatilgani sababli Toʻqtagʻul tumani Oʻsh viloyatiga oʻtkazildi. 1990-yilning dekabr oyida Toʻqtagʻul tumani qayta tashkil etilgan Jalolobod viloyati tarkibiga kirganToktogul rayonunun kiskacha tarixi.
Geografiyasi Toʻqtoʻgʻul tumani Jalolobod viloyatining shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Tuman Qirgʻizistondagi uch viloyat (Talas, Chuy, Norin) bilan chegaradosh hisoblanadi.
Tuman hududidan Norin daryosi oqib oʻtadi. Qirgʻizistondagi eng yirik Toʻqtoʻgʻul suv ombori ham Toʻqtoʻgʻul tumani hududida joylashgan.
Aholisi 2009-yilgi Qirgʻiziston xalqini roʻyxatga olish boshqarmasining maʼ lumotiga loyiq, tumanda 86306 nafar kishi istiqomat qiladilar. Ulardan qirgʻizlar —85683 kishi (yoki 99,3%), ruslar — 188 kishi yoki 0,2%, oʻzbeklar — 185 kishi yoki 0,2%, uygʻurlar — 145 kishi 0,2%, boshqa millatlar — 105 kishi yoki 0,1%.
Maʼmuriy boʻlinishi Tuman tarkibiga bir shahar tipidagi qishloq va 10 ovul okrugi kiradi:Ailnie okruga i syola Djalal — Abadskoy oblasti shahar tipidagi qishloq — Toʻqtoʻgʻul qishlogʻi Aralbayev ovul okrugi markazi — Toʻluq qishlogʻi Bel-Oldi ovul okrugi markazi — Sariq-Soʻgoʻt qishlogʻi Yangi-Yoʻl ovul okrugi markazi — Yangi-Yoʻl qishlogʻi Qizil-Oʻzgoʻrush ovul okrugi markazi — Qizil-Oʻzgoʻrush qishlogʻi Nichke-Soy ovul okrugi markazi — Nichke-Soy qishlogʻi Ketmon-Tepa ovul okrugi markazi — Terak-Suv qishlogʻi Sariq-Qamish ovul okrugi markazi — Birlik qishlogʻi Abdu Suyerkulov ovul okrugi markazi - Toʻrkent qishlogʻi Uch-Terak ovul okrugi markazi — Uch-Terak qishlogʻi Choʻlpon-Ota ovul okrugi markazi — Choʻlpon-Ota qishlogʻi
Iqtisodiyoyi Manbalar
Turkum:Jalolobod viloyatiTurkum:Toʻqtoʻgʻul tumani aholi punktlari