„Temir xotin“ — Sharof Boshbekovning shu nomli asari boʻyicha, rejissor Isamat Ergashevning 1990-yilda suratga olingan kinofilmi. Film qishloq hayotidagi tashvishlarni yoritadi.https://www.kino-teatr.ru/kino/movie/sov/7930/annot/

Syujeti Mexanizator Qoʻchqor aka oddiy qishloq hayoti kechiradi. Bir kuni uyga odatdagidek ichib kelib, toʻpolon qilganidan soʻng, uning xotini bolalarni koʻtarib, uydan ketadi („saboq“ boʻlsin, deya). Shu kuni Qoʻchqor akaning uyiga uning tanishi boʻlmish shaharlik muhandis-robotexnik Olimtoy keladi. Olimtoy shu qishloqqa paxta teruvchi ginoid-robotni olib kelib, sinov ishlarini boshlamoqchi boʻladi. Qoʻchqor akaga robot yoqib qoladi, unga „Alomat“ degan ism qoʻyadi. Hatto u bilan oila qurish uchun doʻsti Dasayevni olib kelib, unga nikoh oʻqittiradi. Bu orada Alomat qishloqlik odamlar hayotini tahlil qilib, zo‘riqishga uchraydi va yuqori kuchlanishli transformatorga ulanib, xudkushlik qiladi. Olimtoy buni Qoʻchqor akadan koʻradi, u robotni oʻta mushkul ishlar bilan qiynab yuborganini taʼkidlaydi. Qoʻchqor aka bu ayblovlarni rad etadi, Alomatga har oʻzbek ayoli qiladigan kundalik ishining yarmini ham yuklamaganini aytadi.

Rollarda

QO‘CHQOR — traktorchi «ALOMAT» — robot OLIMJON — yosh olim QUMRI — Qo‘chqorning xotini SHAROFAT — qo‘shni juvon SALTANAT — qo‘shni ayol SUVON — mulla TUROBJON — Qo‘chqorning o‘g‘li

Tasviriy guruh Tasviriy guruh Abbos Toʻlaganov, Bobur Rahmonov

Saundtrek "Oq va qora", Farrux Zokirov va Yalla ansambli, Yulduz Usmonova.

Texnik maʼlumotlar „Oʻzbekfilm“ davlat aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan suratga olingan. Badiiy film, rangli. Manbalar

Turkum:1990-yil filmlari Turkum:Oʻzbekiston filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar