C () — kompilyatsiyalanuvchi statik dasturlash tili boʻlib, 1969—1973-yillarda Bell laboratoriyasi xodimi Dennis Ritchie tomonidan yaratilgan. Ushbu dasturlash tili B tilining takomillashgan koʻrinishi sifatida yaratilgan. Dastlab UNIX operatsion tizimini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan, keyinchalik esa boshqa koʻplab platformalar bilan ishlashga ham moslashtirilgan. Dizayni hamda strukturasiga koʻra, ushbu til quyi darajadagi dasturlash tillariga yaqin. Baʼzi xususiyatlari bilan assembler tiliga ham oʻxshab ketadi. C dasturlash tili dasturiy taʼminot industriyasining rivojlanishiga juda katta taʼsir oʻtkazgan. Uning sintaksisi esa C++, C#, Java, Objective-C va boshqa koʻplab dasturlash tillari uchun asos boʻlib xizmat qildi.

Kalit soʻzlari Kalit soʻzla — kompilyatsiya vaqtida u yoki bu vazifani bajarish yoki kompilyatorga koʻrsatmalar berishga xizmat qiladigan identifikator soʻzlar.

+C dasturlash tilining kalit soʻzlari Kalit soʻzlar Vazifasi StandartsizeofObyekt oʻlchami haqidagi maʼlumotni olishC89typedefOʻzgaruvchi turiga alternativ nom berishauto, registerKompilyatorga oʻzgaruvchilarning xotirada joylashgan oʻrnini koʻrsatishexternKompilyatorga obyektni tashqi fayldan izlash kerakligini koʻrsatishstaticStatik obyektni eʼlon qilishvoidQiymatga ega boʻlmagan kattalik; koʻrsatkichlarda ixtiyoriy maʼlumotlarni bildiradichar, short,int, longButun sonli oʻzgaruvchilar va ularning oʻlchamlarisigned, unsignedButun sonli oʻzgaruvchilar modifikatorlari, ularning oldidagi ishorasi mavjud yoki mavjud emasligini aniqlaydifloat, doubleHaqiqiy sonli oʻzgaruvchilarconstOʻzgarmas miqdorlar, kompilyatsiya vaqtida ularning dastlabki berilgan qiymati oʻzgarmaydivolatileUshbu tipdagi oʻzgaruvchining qiymati kompilyatsiya vaqtida oʻzgarishi mumkinenumButun sonli oʻzgaruvchilar toʻplamidan olingan bitta qiymatdo, for, whileSikl operatorlariif, elseShartli operatorswitch, case, defaultTanlash operatoribreak, continueSiklni toʻxtatish operatorlarigotoShartsiz oʻtish operatorireturnFunksiyadan qiymat qaytarishinlineFunksiyani eʼlon qilishC99restrictXotira blokiga murojaat qilishni bildiraadi. Ushbu murojaat unikal xarakterga ega_BoolMantiqiy turdagi qiymatlar<code>_ComplexKompleks sonlar ustida hisoblashlar bajarish uchun foydalaniladi_AtomicTipni atomar koʻrinishga oʻtkazuvchi modifikatorC11

Manbalar

Oʻqish uchun (manba) (free) (arxivlangan) (arxivlangan)

(free)

Turkum:Dasturlash tillari Turkum:Kross-platformali dasturlar