Toshkent moliya instituti (qisqartmasi TMI) – 1991—2024-yillarda moliya-kredit sohasida mutaxassislar tayyorlagan yirik oliy oʻquv yurti.

Tarixi 1931-yilda Toshkent shahrida Oʻrta Osiyo moliya-iqtisod instituti tashkil etilgan, unga keyinroq, Toshkent moliya-iqtisod instituti, 1962-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti nomi berilgan. 1991-yil 13-mayda Toshkent xalq xoʻjaligi institutining moliya-iqtisod va hisob-iqtisod fakultetlari negizida tashkil etilgan.

1999-yildan eʼtiboran Kasb taʼlimi „Buxgalteriya hisobi va audit“ taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga qabul qilish yoʻlga qoʻyildi. 2004-yilga kelib, institutning „Hisob-iqtisod“ va „Kredit-iqtisod“ fakultetlari negizida „Boshqaruv“ fakulteti barpo etildi. Boshqaruv fakulteti „Kasb taʼlimi“, „Statistika“ va „Menejment“ yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrlar tayyorlay boshladi.

Institut rektorining 2005-yil 27-avgustdagi 137-sonli buyrugʻiga asosan Moliya-iqtisod fakultetida tayyorlanayotgan „Soliqlar va soliqqa tortish“ va „Sugʻurta ishi“ taʼlim yoʻnalishlari negizida Soliq va sugʻurta ishi fakulteti tashkil qilindi. 2011—2012-oʻquv yilidan eʼtiboran fakultetning nomi Sugʻurta fakulteti, deb oʻzgartirildi.

2007-yil 19-oktyabrda „Moliya“ kafedrasi negizida institut rektorining 153-sonli buyrugʻi bilan „Gʻaznachilik ishi“ kafedrasiga asos solindi. 2007-yil „Bank ishi“ kafedrasi negizida „Bank hisobi va audit“ kafedrasi tashkil topdi va oʻz faoliyatini boshladi. 2005-yilda „Makro va Mikroiqtisodiyot“ kafedrasi „Biznes va iqtisodiyot“ kafedrasi, deb nomlandi va mutaxassis tayyorlaydigan kafedralar safiga kiritildi. 2007-yil 5-noyabrda „Moliya injiniringi“ va „Bozordagi faoliyat va operatsiyalar“, „Investitsiyalarni moliyalashtirish“ yoʻnalishlari negizida Loyihalarni moliyalashtirish fakulteti tashkil topdi.

2007-yil 30-noyabrda ikkita yangi taʼlim yoʻnalishi – „Moliya injiniringi“ va „Bozordagi faoliyat va operatsiyalar“ ochilganligi munosabati bilan „Moliya injiniringi va bozorlar“ kafedrasi ochildi va 2010-yildan „Moliya bozori va qimmatli qogʻozlar“, deb nomlandi.

2009-yil 30-mayda „Umumiqtisodiy nazariya va iqtisodiy pedagogika“ kafedrasi „Iqtisodiyot nazariyasi“ va „Pedagogika va psixologiya“ kafedralariga ajratildi. Institut rektorining 2010-yil 10-fevraldagi 44-sonli buyrugʻiga asosan institutning „Buxgalteriya hisobi“ kafedrasi negizida „Budjet hisobi“ kafedrasi tashkil etildi. 2009-yilda Umumiqtisod fakultetining nomi davr talabiga mos ravishda Budjet hisobi va gʻaznachilik fakulteti, deb oʻzgartirildi. 2009–yil sentyabr oyidan fakultet nomi Budjet hisobi va davlat jamgʻarmalari fakulteti, deb nomlandi. 2017-yil iyun oyida „Falsafa va Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti“ va „Oʻzbekiston tarixi“ kafedralari birlashtirilib, kafedraning rasmiy nomi „Ijtimoiy fanlar“, deb nomlandi.

Institutda 7 ta fakultet (iqtisod; soliqlar va sugʻurta; buxgalteriya hisobi va audit; budjet hisobi va gʻaznachilik; bank ishi; moliya; sirtqi) va magistratura, 25 kafedra, akademik litsey, soliq litseyi, bank kolleji, biznes maktabi, malaka oshirish instituti, iqtisodiy bilimlarni tarqatish markazi va boshqa boʻlimlar faoliyat koʻrsatadi.

2020—2021-oʻquv yili holatiga koʻra, institutda 8 ta fakultet hamda magistratura boʻlimida jami 9100 nafar, shundan 21 ta taʼlim yoʻnalishlarida 8600 nafar, 14 ta magistratura mutaxassisliklarida 500 nafar talabalar tahsil olgan. Institutda 354 professor oʻqituvchi, jumladan, 38 fan doktori va professor, 154 fan nomzodi va dotsent ishlagan. Institut moliya, bank ishi, soliq, sugʻurta, menejment, qimmatli qogʻozlar va fond birjasi, loyihalarni moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va audit, kasbiy pedagogik taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrlar hamda 25 iqtisodiy mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlaydi.

2020-yil 1-yanvardan oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan.

Institut faoliyati M. M. Qoriyev, Yuriy Shenger, N. N. Shabanova, X. R. Sobirov, Murod Sharifxoʻjayev, Ahmad Oʻlmasov, 3. Yoʻldoshev, Yorqul Abdullayev kabi olimlar nomlari bilan bogʻliq. Institut mustaqillik yillarida 150 000 dan ortiq mutaxassis kadrlar tayyorladi.

Institutda aspirantura va doktorantura bor. AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Malayziya, Belarus Respublikasi kabi rivojlangan chet el davlatlarining turdosh universitetlari bilan oʻquv-ilmiy sohalarda hamkorlik qiladi.

2024-yil 7-fevraldagi PQ-62-sonli prezident qarori bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga qoʻshib yuborilgan.

Fakultetlari Iqtisodiyot fakulteti Soliqlar va sugʻurta fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti Budjet hisobi va gʻaznachilik fakulteti Bank ishi fakulteti Moliya fakulteti Sirtqi taʼlim fakulteti

Kafedralari „Bank ishi“ kafedrasi „Soliqlar va soliqqa tortish“ kafedrasi „Menejment“ kafedrasi „Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot“ kafedrasi „Korporativ moliya va qimmatli goq’ozlar“ kafedrasi „Sug´urta va pensiya ishi“ kafedrasi "Oliy matematika, statistika va ekonometrika " kafedrasi „Xalqaro moliya-kredit“ kafedrasi „Moliya“ kafedrasi „Baholash ishi va investitsiyalar“ kafedrasi „Bank hisobi va audit“ kafedrasi „Budjet hisobi va gʻaznachilik ishi“ kafedrasi „Buxgalteriya hisobi“ kafedrasi „Ijtimoiy fanlar“ kafedrasi „Iqtisodiyot“ kafedrasi „Kasbiy psixologiya, jismoniy tarbiya va sport“ kafedrasi „Xorijiy tillar“ kafedrasi „Oʻzbek va rus tillari“ kafedrasi „Audit“ kafedrasi „Iqtisodiy tahlil“ kafedrasi „Statistika va ekonometrika“ kafedrasi „Iqtisodiyot“ fafedrasi(sirtqi) „Jismoniy madaniyat va sport faoliyati“ ,,Axborot tizimlari va texnologiyalari'' kafedrasi

Bakalavr Kunduzgi Institutda quyidagi yoʻnalishlarda kunduzgi taʼlim beriladi: # Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi15230100Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)25230200Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)35230600Moliya va moliyaviy texnologiyalar45230700Bank ishi va auditi55230800Soliqlar va soliqqa tortish65230900Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha)75231200Sugʻurta ishi85231300Budjet nazorati va gʻaznachiligi95231500 Baholash ishi105231700 Birja ishi115231800Biznes-tahlil125232400Iqtisodiy xavfsizlik135232700Investitsion loyihalarga xizmat koʻrsatish va moliyalashtirish145232800Elektron tijorat155234400Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari

Sirtqi Institutda quyidagi yoʻnalishlarda sirtqi taʼlim beriladi: # Shifri Nomi15230200Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)2Moliya va moliyaviy texnologiyalar35230700Bank ishi va auditi4Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha)55231200Sugʻurta ishi

Qoʻshma taʼlim dasturlari Malayziyaning Bayneriy universiteti (Binary University of Management & Entrepreneurship) bilan hamkorlikda "Binary Graduate School" qoʻshma fakulteti tashkil etilganOliy va Oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy telegram kanali. Belarus Respublikasining Polotsk davlat universiteti bilan qoʻshma taʼlim dasturi (Qoʻshma fakultet) yoʻlga qoʻyilganSozdanie sovmestnogo fakulteta s Tashkentskim finansovim institutom.

Milliy va xalqaro reytinglardagi oʻrni Institut Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan 2020/2021-oʻquv yili uchun eʼlon qilingan Milliy reytingda Respublikadagi Oliy taʼlim muassasalari orasida 5-oʻrinni egalladi. Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting agentligi – Times Higher Education tomonidan ilk bor yangi turdagi reporter maqomga (reporter – mazkur maqom reytingga kirish uchun faol ishlari bilan Times Higher Education reyting agentligini eʼtirofiga sazovor boʻlgan oliy oʻquv yurtlariga beriladi) ega boʻlgan 450 ta oliy taʼlim muassasalari orasidan joy olgan.

Rektorlari 1991—2005 – Murod Sharifxoʻjayev 2016-2018 – Baxodir Abdusalamovich Begalov . 2018-2020 – Ulugʻbek Azizov Ulugʻbek Azizov Toshkent moliya instituti rektori etib tayinlandi. 2020—2024 – Toʻlqin TeshabayevMoliya institutiga yangi rektor tayinlandi.

Mashhur bitiruvchilar Zoir Mirzayev (1994) Timur Ishmetov (2000)

Manbalar

Havolalar Institut rasmiy sayti Rasmiy kanali Telegramda Rasmiy sahifasi Facebookda Rasmiy sahifasi Instagramda

Moliya Turkum:Toshkent shahridagi tugatilgan taʼlim muassasalari Turkum:1991-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar