thumb|1622-yilda chiqarilgan aksiya
Aksiya (; ; — farmoyish; ruxsatnoma, faoliyat) — aksiyadorlik jamiyati chiqargan qimmatli qogʻoz. Oʻz egasining aksiyadorlik jamiyati kapitalida hissasi borligini va shunga muvofiq, topilgan foydaning bir qismini dividend shaklida olishini, uni boshqarishda ishtirok etish huquqini tasdiqlaydi. Aksiya qimmatli qogʻozlarning keng tarqalgan turi, hissabay qogʻozlar turkumiga kiradi. Aksiya chiqargan jamiyat emitent, uni sotib olganlar esa investorlar deb ataladi. Aksiya dastlab emitent tomonidan birlamchi bozorda sotiladi, soʻngra u ikkilamchi bozorda (fond bozorida) qaytadan oldi-sotdi qilinadi. Aksiya bevosita emitent yoki vositachilar tomonidan sotiladi. Aksiya aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etilganda yoki mavjud korxonalar aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilganda chiqarilishi mumkin. Aksiya egasining nomi yozilgan va taqdim etuvchiga tegishli turlarga boʻlinishi mumkin. Aksiya oddiy va imtiyozli turlarga boʻlinadi.
Oddiy aksiya uning egasiga, odatda, aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ovoz berish, dividend olish hamda jamiyat tugatilgan taqdirda uning mol-mulkining bir qismini olish huquqini beradi. Imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividend toʻlash va boshqa huquqlar ularning turiga hamda jamiyat ustaviga muvofiq belgilanadi. Qonunchilikda nazarda tutilgan ayrim hollarda imtiyozli aksiya egalari ham ovoz berish huquqiga ega boʻlishi mumkin.
Aksiyalar qimmatli qogʻozlar bozorida sotiladi va sotib olinadi, shu sababli oʻzining narxiga ega. Aksiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati deyiladi. Aksiyaning fond bozorida sotiladigan narxi uning bozor narxi yoki kursi deb ataladi. Bozor narxi aksiyaga boʻlgan talab va taklif, jamiyatning moliyaviy holati, kutilayotgan dividendlar va boshqa bozor omillariga bogʻliq boʻlishi mumkin.
Aksiya aksiyadorga, jumladan, quyidagi huquqlarni beradi: mulkiy huquqlar; nomulkiy huquqlar; aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ovoz berish huquqi (tegishli turdagi aksiya boʻyicha); dividend olish huquqi; jamiyat tugatilgan taqdirda uning mol-mulkining bir qismini olish huquqi.
Aksiyalar investorlarni turli xususiyatlari bilan jalb qiladi. Ular orasida ovoz berish, kapital qiymatining oʻsishidan daromad olish, dividend olish va aksiyador sifatida jamiyat boshqaruvida ishtirok etish imkoniyatlari mavjud.
Aksiya nominal qiymati — aksiyaning emissiya paytida belgilangan va aksiyaning oʻzida koʻrsatiladigan qiymatidir. Nominal qiymat aksiyaning bozor narxiga teng boʻlishi shart emas. Aksiyaning bozor qiymati talab va taklif, jamiyatning moliyaviy holati va bozor sharoitlari taʼsirida oʻzgaradi.
Yana qarang
Obligatsiya Dividend Qimmatli qogʻoz Aksiyadorlik jamiyati Fond bozori Fond birjasi Investor Emitent
Manbalar
Turkum:Huquqiy atamalar Turkum:Davlat Turkum:Huquq Turkum:Huquqshunoslik Turkum:Iqtisod Turkum:Iqtisodiy atamalar Turkum:Huquq va iqtisodiyot Turkum:Iqtisodiy mafkuralar