Nyu-York — AQShning shimoli-sharqiy qismidagi shtat. Atlantika okeani sohilida (Long-Aylend oroli ham Nyu-York tarkibida), Kanada bilan chegaradosh. Maydoni 141,3 ming km. Aholisi – 19 571 216 kishi (2023); 84% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi – Albany shahri. Yirik shaharlari: Nyu-York, Buffalo, Rochester, Syracuse. Shtat hududining koʻp qismida Appalachi togʻ tizmalari (eng baland joyi 1 628 m) joylashgan. Iqlimi moʻtadil, sernam iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0–8 °C, iyulniki 20–23 °C. Yillik yogʻin 800–1 000 mm. Yirik daryolari: Gudzon, Saint-Lavrens. Oʻrmonlar bor.
Nyu-York – AQShning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan va aholisi zich shtatlaridan biri. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish va savdo aylanmasi boʻyicha AQShda 1-oʻrinda. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmoqlari: sut chorvachiligi, parrandachilik, sabzavotchilik, tokchilik.
Nyu-York hududini VII asr boshida gollandlar bosib olgan. Shtatning mahalliy aholisi qirib tashlangan. 1664-yilda Nyu-Yorkni inglizlar egallagan. 1776-yilda Nyu-York AQShni tuzishda qatnashgan dastlabki 13 shtatdan biri boʻlgan.
Demografiyasi
Manbalar
Adabiyotlar Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 1-jild, Toshkent, 2000-yil.
Havolalar
Rasmiy sayti (inglizcha)
Turkum:Shimoli-sharqiy AQSh Turkum:AQSh shtatlari