Amiens () — Fransiyaning Pikardiya mintaqasida joylashgan shahardir. Somme departamenti Amiens tumani tarkibiga kiradi. Somma daryosi boʻyida joylashgan. Somma departamentining maʼmuriy markazi va Pikardiya tarixiy oʻlkasining eng katta shahri hisoblani. Temir yoʻl tuguni. Toʻqimachilik sanoati (ip-gazlama, duxoba va trikotaj toʻqish), metallurgiya, mashinasozlik va kimyo zavodlari bor. Qadimda Amiensda gallarning ambian qabilasi (shahar nomi shundan) yashagan. Amiens tarixiy voqealarga boy. Shahar Ikkinchi jahon urushi davrida qattiq shikastlangan. Uni qayta tiklashda tarixiy qiyofasi asrab qolingan. Fransiyada eng katta Notr-Dam gotika sobori (XIII—XV asrlar) hamda XIII—XVIII asrlarga oid boshqa meʼmoriy yodgorliklar saqlanganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Aholisi 135.501 nafar aholi istiqomat qiladi (1999). Aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 2737,4 nafar kishi.
Geografiyasi Maydoni — 49,5 km2. Dengiz sathidan 14 — 106 m balandlikda joylashgan.
Tasvirlar
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Somme shaharlari Turkum:Fransiya shaharlari