„Navbahor“ (), laqabi „Lochinlar“ – Oʻzbekistondagi profesional futbol klubi.

Klubga 1978-yil Namangan shahrida asos solingan. Ilk nomi „Tekstilshchik“ edi. 1980-yillarda Sobiq Ittifoq 2-ligasi Sharqiy Zonasida nomi bilan toʻp sura boshlagan. 1992-yildan esa Oʻzbekiston Oliy Ligasida Navbahor nomi ostida muntazam ishtirok eta boshladi.

Klubning amaldagi murabbiyi Temur Kapadze hisoblanadi.

Jamoa Namangan shahridagi Navbahor markaziy stadionida toʻp suradi. Stadion oʻz bagʻriga 21 mingdan ortiq muxlis sigʻdira oladi.

1 marta Oʻzbekiston Superligasi chempioni, 3 marta Oʻzbekiston Kubogi gʻolibi boʻlgan.

Tarixi

SSSR Chempionatlarida „Navbahor“ futbol klubiga 1978-yilda asos solingan. 1980-yillarda „Tekstilshik“ nomi bilan Sobiq Ittifoq chempionati 2-ligasi Sharqiy Zonasida toʻp sura boshlagan. Jamoa oʻsha vaqtda „Tekstilshik“ nomi bilan sobiq ittifoq chempionati ikkinchi ligasining 5-mintaqasi bahslarida qatnashgan. 1980-yilga kelib „Tekstilshik“ nomi „Navbahor“ga oʻzgartirildi. Jamoa sobiq ittifoq chempionatlarida muvaffaqiyatli qatnashib, 1981-1982-yillarda ikkinchi liganing yettinchi mintaqasi jamoalari orasida uchinchi oʻrinni egalladi.

1984-1987-yillarda jamoa oʻz nomini „Avtomobilist“ga oʻzgartiradi. 1984-1986-yillarda namanganliklar „Paxtakor-79“ xotira turnirida gʻolib chiqishdi. „Navbahor“ aʼzolari Sovet Iittifoqi 52-chempionatining ikkinchi liga beshinchi mintaqasida muvaffaqiyatli qatnashib, birinchi ligaga chiqish imkoniyatini beradigan „bufer“ mintaqa musobaqalarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritishdi. Ikki mavsum „bufer“ mintaqada toʻp surgan „Navbahor“ 1990-yil yakuniga koʻra, birinchi liga yoʻllanmasiga ega boʻldi.

1987-yilning noyabr oyida „Navbahor“ Oʻrta Osiyoda birinchi, Sovet Ittifoqida Ukrainaning „Dnepr“ (Dnepropetrovsk) klubidan soʻng, ikkinchi boʻlib, xoʻjalik hisobidagi futbol klubi sifatida faoliyat yuritishni boshladi.

„Navbahor“ 1978-yildan 1991-yilga qadar Sovet Ittifoqi chempionati ikkinchi ligasining turli mintaqalarida qatnashib, 508 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Jamoa 245 ta oʻyinda gʻalaba qozonib, 100 ta uchrashuvda durangga imzo chekkan boʻlsa, 163 ta bahsda magʻlubiyatga uchragan. 702ta gol urib, oʻz darvozasidan 513 ta toʻp oʻtkazib yuborgan.

1991-yili Sovet Ittifoqi chempionatining birinchi ligasida ishtirok etgan „Navbahor“ 42 ta oʻyinda 19 ta gʻalaba qayd etgan. Yettita bahsda durang kuzatilgan boʻlsa, 19 ta uchrashuvda jamoa raqiblariga imkoniyatni boy bergan. Oʻsha yilgi chempionat yakunida „Navbahor“ 22 ta jamoa orasida toʻqqizinchi oʻrinni egallagan.

Namanganliklar 1989-yildan 1991-yilgacha Sovet Ittifoqi kubogida ham 10 ta oʻyin oʻtkazishgan. Jamoa oltita uchrashuvda gʻalaba qilib, toʻrtta oʻyinda magʻlubiyatga uchragan. Mazkur uchrashuvlar davomida raqiblar darvozasiga 24 ta gol urilgan. „Navbahor“ oʻz darvozasidan 12 ta toʻp olib chiqqan. Jamoaning kubok bahslaridagi eng yirik gʻalabasi 1991-yili kuzatilgan. Oʻsha yili „Navbahor“ oʻz maydonida 1/32 final doirasida Chimkentning „Meliorator“ jamoasini 14:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

Oʻzbekiston Chempionatlarida 1992-yilda klub nomi „Navbahor“ deb oʻzgartirildi. SSSR parchalanib, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach (1991 -yil 2-yarmida), 1992-yilgi mavsumdan boshlab Oʻzbekiston milliy chempionatida oʻynay boshladi.

Oʻzbekiston chempionati tarixida 1-oʻrinni egallagan „Navbahor“ yana 16 ta jamoa bilan birga Oliy ligadan joy oldi. Debyut mavsumi yakuniga koʻra 5-oʻrinni egalladi va Oʻzbekiston kubogining 1-gʻolibiga aylandi.

Keyingi mavsumlarda ketma-ket uch marta (1993, 1994 va 1995) „Navbahor“ Oliy liga bronza medali sohibi, 1993-yilda Kubok finalchisi, 1995-yilda esa 2-marta Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi.

1996-yilgi mavsumda klub 1-marta Oʻzbekiston chempioni boʻldi. Keyingi 3-yil davomida u yana bronza medali sohibi boʻldi va 1998-yilda oʻz tarixida 3-marta va hozircha oxirgi marta Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi.

1999-yilda „Navbahor“ Oʻzbekiston Superkubogining 1-gʻolibi boʻldi. 2000-2002-yilgi mavsumlarda sovrinlarsiz klub qoldi, ammo 2003 va 2004-yillarda ketma-ket ikki marta bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2005-yildan beri jamoa chempionatning „oʻrta jamoasi“ deb ataladigan jamoalaridan biriga aylandi.

Keyingi mavsumlarda klubning eng yuqori yutugʻi 2017-yilgi mavsumdagi 5-oʻrin boʻldi. Ammo 2018-yilda (14-yildan soʻng) „Navbahor“ yana 9-marta Oʻzbekiston Superligasining bronza medallarini qoʻlga kiritib, Oʻzbekiston chempionati sovrindorlari qatoridan joy oldi. 2022-yil yakunlariga koʻra jamoa klub 24 yildan soʻng ilk bor Oʻzbekiston Kubogi finalida toʻp surdi, ammo, Nasaf jamoasiga magʻlub boʻlib ikkinchi oʻrinni egalladi. Oʻzbekiston Superligasida esa klub oʻz tarixida ilk bor kumush medallarini qoʻlga kiritdi.

Xalqaro musobaqalar „Navbahor“ toʻrt marta Osiyoning klublar oʻrtasidagi musobaqalarida ishtirok etgan. 1996/1997-yilgi mavsumda Oʻzbekiston kubogining amaldagi sohibi sifatida OFK klublar oʻrtasidagi ikkinchi nufuzli turnir – Osiyo kubogi egalari kubogida ishtirok etib, ikkinchi saralash bosqichida toʻxtagan edi.

1997/1998-yilgi mavsumda Namangan klubi Osiyo Chempionlar Kubogida (hozir OCHL deb ataladi) Oʻzbekistonning amaldagi chempioni sifatida ishtirok etib, guruhdan chiqa olmadi.

„Navbahor“ uchinchi marta 1999/2000-yilgi mavsumda Osiyo klublar musobaqasida qatnashgan. 1998-yilgi Oʻzbekiston Kubogining amaldagi sohibi sifatida Osiyo Kubogi egalari kubogida ishtirok etgan va yarim finalga qadar yetib borgan. Toʻrtinchi marotaba 2023/2024-yilgi mavsumda ishtirok etdi va 1/8 final bosqichiga qadar yetib bordi.

Klub afsonalari Jamoa Viktor Jalilov boshchiligida klub oʻz tarixida hozircha yagona boʻlib turgan chempionlikka erishgan. Murabbiy shuningdek, Oʻzbekiston Kubogida ham jamoa bilan gʻalabalarga erishgan.

Shuningdek, Mustafo Bayramov, Farhod Magometov, Dmitriy Bashkevich, Eduard Momotov, Gennadiy Denisov, Rustam Zabirov, Oleg Shatskix, Saydullo Tursunov, Tohir Madrahimov, Shuhrat Mirxoldorshoyev, Xayrulla Karimov singari jamoada toʻp surgan tajribali futbolchilarning ham jamoa tarixida oʻz oʻrni bor.

Sovet Ittifoqi davrida „Navbahor“ Valixon Zunnunov, Viktor Orlov, Pyotr Boldirev, Sergey Dotsenko, Pavel Kim, Dmitriy Korneyev, Gennadiy Nedelkin, Valeriy Gladilin va Igor Volchok kabi taniqli murabbiylar boshqarishgan.

Klub tarixidagi eng yaxshi toʻpurar – Shuhrat Mirxoldorshoyev – 140 ta gol

Eng koʻp oʻyin – Tohir Madrahimov – 259 ta oʻyin

Jamoa nomlari tarixi

1978—1980: Tekstilshchik 1980—1983: Navbahor 1983—1987: Avtomobilchi 1988-yildan – Navbahor

Klub ramzlari 2018-yilgi mavsum oldidan jamoada bir qator oʻzgarishlar boʻldi, bulardan biri jamoaga yangi logo tanlandi.

Stadion Klublar uyi 22 000 tomoshabinga moʻljallangan „Navbahor Markaziy“ stadionidir. 1989-yilda qurilgan stadion sigʻimiga koʻra (toʻliq qayta taʼmirdan avval 33000 muxlis sigʻar edi) mamlakatdagi eng katta futbol stadionlaridan biri boʻlgan. 2011-yilda klub stadionni rekonstruksiya qilish niyatida ekanligini eʼlon qildi va u uzoq vaqt davom etgan rekonstruksiya ishlari uchun yopildi. Qayta tiklash ishlari 2014-yil bahorida yakunlandi. 2014-yilning 29-may kuni „Barkamol avlod-2014“ sport oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi bilan yangi taʼmirlangan stadionning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Yangi joyning sigʻimi 22 000 kishi.

2012—2014-yilgi mavsumlarda klub uy uchrashuvlarini Kosonsoy stadionida oʻtkazdi. Taʼmirlangan stadiondagi ilk rasmiy oʻyin 2014-yil 14-iyun kuni Liga doirasidagi „Navbahor“ – „Olmaliq“ uchrashuv boʻldi. Uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobida gʻalabaga erishadilar.

Yutuqlar

Oʻzbekiston Superligasi chempioni: (1) 1996

Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin: (1) 2023 Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin: (11) 1993, 1994, 1995, 1997, 1998, 1999, 2003, 2004, 2018, 2023, 2024

Oʻzbekiston Kubogi sohibi: (3) 1992, 1995, 1998 Oʻzbekiston Kubogi finalchisi: 1993, 2022, 2024

Oʻzbekiston Superkubogi: (1) 1999

Mahalliy musobaqalar natijalari MavsumLigaOʻzbekiston KubogiEng yaxshi toʻpurarDiv.Oʻrin.Oʻyin.GʻDMUGOʻGOIsmLiga1992Oliy liga5321886542144Chempion / Rustam Zabirov1519933301875643243Finalchi Farid Xabibulin1319943301767582640Yarim final Farid Xabibulin1119953302334692372Chempion Oleg Shatskix2419961302352882374Chorak final Oleg Shatskix2319973342158843768Yarim final Oleg Shatskix1319983301857603359Chempion Shuhrat Rahmonqulov1019993301875553461N/A Shuhrat Rahmonqulov12200053819811925665Chorak final Shuhrat Mirxoldorshoyev282001434201137952611/16 final bosqichi Shuhrat Mirxoldorshoyev232002630144125339461/16 final bosqichi Shuhrat Mirxoldorshoyev1920033301965662863Yarim final Shuhrat Mirxoldorshoyev262004326218356623571/16 final bosqichi Shuhrat Mirxoldorshoyev31200562612311313139Yarim final Shuhrat Mirxoldorshoyev202006730135124635441/8 final bosqichi Arif Mirzoýew182007830114153741371/8 final bosqichi Vladimir Baranov1220081330711122839321/8 final bosqichi Shuhrat Mirxoldorshoyev132009143077162148281/8 final bosqichi Muxtor Fozilov5201092694133232311/8 final bosqichi Shuhrat Mirxoldorshoyev1120116269982621361/8 final bosqichi Roʻzimboy Ahmedov52012122668121934261/8 final bosqichi Sobir Hamidov52013112676132948271/8 final bosqichi Roʻzimboy Ahmedov1120147269314384030Chorak final Shahboz Erkinov142015830114154051371/8 final bosqichi Shahboz Erkinov132016153065193766231/8 final bosqichi Akrom Bahriddinov Dilshod Jabborov72017Superliga530121084037461/8 final bosqichi Azizbek Turgʻunboyev820183209472018311/16 final bosqichi Azizbek Turgʻunboyev720198267118262332Chorak final Oleksandr Kasyan1020208268117242135Chorak final Azizbek Turgʻunboyev8202162610972319391/8 final bosqichi Azimjon Ahmedov320222261583331554Finalchi Zoran Marushich1220233261457441947Yarim final Oston Oʻrunov9202432611105423943Finalchi Toma Tabatadze102025730101010413740Chorak final Abbos Gʻulomov10

OFK musobaqalaridagi ishtiroki Osiyo Chempionlar ligasi: 1 marotaba Osiyo Chempionlar ligasi: Guruh bosqichi Osiyo kubogi egalari kubogi: 2 marotaba 1996/97: 2-Bosqich 1999/00: 4-oʻrin 2023/24 OCHL da ishtirok etmoqda

Xalqaro Musobaqalarda natijalar Soʻnggi Oʻyin 2000-yil 15-aprelda boʻlib oʻtgan. MusobaqaOʻGʻDMUGOʻGOOsiyo Chempionlar ligasi833215912Osiyo kubogi egalari kubogi10415182313Umumiy18747333225 MavsumMusobaqaBosqichKlubUydaSafardaUmumiy hisob1996-97Osiyo kubogi egalari kubogiBirinchi bosqich Al-Quwa Al-Jawiya1-45-26-6Ikkinchi bosqich Esteghlal1-43-04-41997-98AFC Osiyo Chempionlar kubogiBirinchi bosqich -ByeSaralash bosqichi Dynamo Dushanbe3-01-24-2Ikkinchi bosqich Nisa Aşgabat6-12-28-3Chorak final – Gʻarbiy osiyo Guruh bosqichi Al Ansar0-03 Al Hilal1-3 Persepolis1-11999-2000Osiyo kubogi egalari kubogiBirinchi bosqich -ByeIkkinchi bosqich Kaisar-Hurricane2-21-03-2Chorak final Al-Ahli1-62-03-6Yarim final Al-Zawraa1-23-oʻrin uchun Bangkok Bank1-32023-2024AFC Osiyo Chempionlar ligasiPley-off Al-Wakrah1-0 D guruhi Al Hilal0-21-1Ikkinchi Mumbai City3-02-1 Nassaji Mazandaran2-13-1Nimchorak final Al-Ittihod0-01-21-2

Raqobat „Navbahor“ning asosiy raqiblari Fargʻonaning „Neftchi“ va Toshkentning „Paxtakor“ jamoalaridir. Bu klublar har qanday davrda oʻzaro raqobati yuqori darajada oʻtgan. Bundan tashqari Vodiyning yana bir jamoasi – „Andijon“ klubiga qarshi oʻziga xos derbi ham tarixga kirgan.

Jamoa tarkibi

Birinchi jamoa tarkibi

U21

U19

Klub hodimlari

Murabbiylar shtabi

Lavozimi Xodimlar Bosh murabbiy Timur Kapadze Yordamchi murabbiy Mixail Yeremchuk Texnik yordamchi murabbiy Farruh Farthullayev Fitnes murabbiyi Augustin Chiriță Darvozabonlar murabbiyi Pavel Kudrashou Sport terapevti Sanjar Azimov Texnik tahlilchi Lavozimi XodimlarNavbahor U-21 yoshlar tarkibi murabbiyiSherzod JoʻrayevNavbahor-W bosh murabbiyiKarima YoʻldoshevaNavbahor futzal bosh murabbiyiXurshid Tojiboyev

Oxirgi yangilangan: 2026-yil 7-mart Manba:

Xodimlar