Country () Amerika ommabop musiqasi janri boʻlib, 1920-yillarda AQSh janubining qishloq joylarida shakllana boshlaganPeterson, Richard A. (1999). Creating Country Music: Fabricating Authenticity, p. 9. .. U Amerika xalq musiqasi va western musiqadan kelib chiqqan. Erta country musiqada blues gammasi seziladiThe New Blue Music. Richard J. Ripani. 2006. University Press of Mississippi/Jackson. page 22. , 1-57806-862-2. Country odatda joʻn ballada va raqs maromlaridan iborat boʻlib, banjo, elektrogitara va akustik gitara kabi torli asboblar hamda fiddl va garmonika hamohangligida ijro etiladiCountry music - Definition from WordWeb http://wordweb.info/free/.

Inglizchada „qishloq“ maʼnosini bildiruvchi country atamasi bilan 1940-yillardan boshlab shu janr nomlana boshlandi, bungacha bunday musiqani hillbilly („qishloqi“, „toʻpori“) deb atashar edi. Bugunga kelib country musiqa atamasi ostida koʻplab uslub va ostjanrlar tushuniladi. 2009-yilgi tadqiqotga qaraganda country AQShda avtomobilda eng koʻp tinglanadigan musiqa janrlari qatoriga kiradiARRP Bulletin. Vol. 53 No 1. "50 Minutes on the Road. Betsy Tower. page 50. citing Communting in America III and Abritron..

Manbalar

Havolalar Zamonaviy country musiqa charti, Billboard