Araymantov tumani (qoz. Ерейментау ауданы, ەرەيمەنتاۋ اۋدانى) — Oqmoʻla viloyatining sharqiy qismida joylashgan. 1932-yili tashkil topgan. Maydoni 17,5 ming km². Aholisi 30,2 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 1,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Araymantov shahri. Tuman hududi orqali Ostona — Araymantov — Pavlodar, Araymantov — Aysari temir yoʻli, Ostona — Araymantov — Pavlodar, Araymantov — Bestoʻbe avtomobil yoʻllari oʻtadi.

Aholisi Aholisi 30,2 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 1,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:(1-yanvar 2010-yil) qozoqlar — 20 596 kishi (60,71 %) ruslar — 7 804 kishi (23,00 %) ukrainlar — 2 362 kishi (6,96 %) olmonlar — 1 304 kishi (3,84 %) tatarlar — 534 kishi (1,57 %) beloruslar — 458 kishi (1,35 %) boshqirdlar — 132 kishi (0,39 %) moldavanlar — 80 kishi (0,24 %) udmurtlar — 76 kishi (0,22 %) polyaklar — 62 kishi (0,18 %) boshqalari — 518 kishi (1,53 %) Umumiy — 33 926 kishi (100,00 %)

Iqlimi Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −16 — 18 °C. Iyulniki 20 — 21 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 300 – 350 mmQozoq ensiklopediyasi.

Aholi punktlari Verenka, Novodolinka, Yerkenshilik, Oʻljabay Batir (sobiq Blagodatnoe), Taybay, Oʻlenti, Qoʻytas, Boʻztal, Toʻrgʻay, (Novomarkovka).

Manbalar

Havolalar Informatsiya o rayone na sayte oblasti

Turkum:Qozogʻiston tumanlari