Tselinograd tumani — Akmola viloyatining janubi-sharqida joylashgan. 1936-yili tashkil topgan. Maydoni 7,4 ming km². Aholisi 61,278 kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 7,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Akmoʻl qishlogʻi. Tuman hududi orqali Astana — Qarataldi (Qartali), Qaragʻandi — Petropavlovsk, Astana — Pavlodar temir yoʻli va Astana — Koʻkshetov avtomobil yoʻllari oʻtadi.
Aholisi Aholisi 61,2 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 7,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:(1-yanvar 2010-yil) qozoqlar — 28 885 kishi (67,16 %) ruslar — 6 893 kishi (16,03 %) olmonlar — 1 756 kishi (4,08 %) ukrainlar — 1 651 kishi (3,84 %) beloruslar — 1 063 kishi (2,47 %) tatarlar — 766 kishi (1,78 %) polyaklar — 460 kishi (1,07 %) moldavanlar — 138 kishi (0,32 %) boshqirdlar — 136 kishi (0,32 %) koreyslar — 126 kishi (0,29 %) chechenlar — 116 kishi (0,27 %) udmurtlar — 102 kishi (0,24 %) boshqalari — 915 kishi (2,13 %) Umumiy — 43 007 kishi (100,00 %)
Iqlimi Iqlimi kontinental. Qishi sovuq va uzoq boʻladi, yozi issiq va sernam. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 — 18 °C, qorning oʻrtacha qalinligi 20 sm. Iyulniki 20 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 250 — 300. mmQozoq ensiklopediyasi.
Ijtimoiy soha Tumanda 1 bolabogʻcha, 26 ta oʻrta, 14 ta toʻliqsiz, 10 ta boshlangʻich maktab, kasbiy-texnik maktab, 1 oliy oʻquv yurtining filiali, 1 musiqa, 1 sport maktabi, 62 ta klub, 68 ta kutubxona, 15 ta oilaviy-shikorlik shifoxona, 31 feldsher-akusherlik punkt bor.
Katta qishloqlari Malinovka qishlogʻi Qabanbay qishlogʻi Ilinka qishlogʻi Novotimofeevka qishlogʻi Jangʻizqudiq qishlogʻi Oʻrazaq qishlogʻi
Manbalar
Havolalar Informatsiya o rayone na sayte oblasti
Turkum:Qozogʻiston tumanlari