Makinsk (qoz. Макинск, ماكينسك) — Qozogʻistondagi shahar (1945-yilgacha Makinka ishchilar kenti), Bulandi tumanining maʼmuriy markazi (1957). Astana shahridan shimolga tomon 180 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi 17,8 ming kishi (2008).

Tarixi Poydevori 1914-yili qurilgan, 1945-yili shahar mavqei berildi. 1942-yili Tambov viloyati Michurinsk shahridagi porshenli uzuk ishlab chiqarish zavodining koʻchib kelishi bilan Makinsk shahrining sanoati rivojlana boshladi. Keyinchalik metall ishlash zavodi, qurilish va yigʻuvchi materiallar kombinati, duradgorlik zavodi, elevator, non zavodi ishga tushirildi.

OAV Казахстан-Кокшетау telekanali Tuman ommaviy-siyosiy gazetasi Вести Буланды

Ijtimoiy soha Shaharda Stepgeologiya, Porshenkomplekt, Bulandi kareri, Makinsk elevatori, Progress, Agrotexservis, Makinsk neftbazasi aksionerlik jamoati, 5 ta umumiy bilim beruvchi maktab, musiqa, sport maktablari, 3 ta kasalxona, shifoxona, dorixona, sanitar-epidemiologiyalik stansiyasi, 2 ta madaniyat uyi, 3 ta klub, 2 ta kinoteatr, 6 ta kutubxona, bosmaxona, 3 avtokarxona, avtomatli telefon stansiyasi bor. Shahar hududi orqali Astana — Koʻkchatov avtomobil yoʻli, Stepnogorsk — Otbosar temir yoʻli oʻtadi Qozoq ensiklopediyasi.

Manbalar

Turkum:Qozogʻiston shaharlari