Toʻlebiy tumani — Janubiy Qozogʻiston viloyatining janubi-sharqida joylashgan. Maydoni 3,1 ming km2 (viloyatning 2,6 %). 1932-yili tashkil topgan, 1991-yilgacha Lenger tumani deb nomlanib keldi. Aholisi 132,856 kishi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Lenger shahri.
Aholisi Tuman aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 132,856 kishini tashkil qildi. Aholisining oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 42,1 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi, aholisining asosiy qismini qozoqlar — 69,7 % tashkil qiladi, shuningdek oʻzbeklar — 13,8 %, ruslar — 6,4 %, turklar — 3,0 %, ozarbayjonlar — 2,1 %, boshqalari-5 %.
Milliy tarkibi 2022-yil 1-yanvar oyidagi statistikaga koʻra tuman aholisi 120 598 kishi tashkil qildi. Tuman aholisining milliy tarkibi quyidagicha:
Qozoqlar – 83 804 kishi (69,49%) Oʻzbeklar – 20 014 kishi (16,59%) Ruslar – 6 697 kishi (5,55%) Turklar – 4 846 kishi (4,01%) Ozarbayjonlar – 1 796 kishi (1,45%) Kurdlar – 1 512 kishi (1,25%) Boshqalar – 1 929 kishi (1,6%)
Katta qishloqlari Lenger shahri Pervomaevka qishlogʻi Koʻksayek qishlogʻi Sultanrabat qishlogʻi Qamshaq qishlogʻi Toʻgʻis qishlogʻi Aqjar qishlogʻi Zertas togʻi qishlogʻi
Iqlimi Iqlimi keskin kontinental, qishi iliq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −3-9 °C, iyulda 24°-26 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori gʻarbiy qismida 450 mm, sharqiy qismida 650 mm.
Manbalar
Turkum:Qozogʻiston tumanlari