Halloween () — 31-oktabrda nishonlanadigan bayrami. Halloweenda odamlar turli xil ust-bosh kiyishadi, bolalar eshikma-eshik yurib shirinliklar soʻrashadi () va qovoqlar ichini oʻyib Jack o'-lantern () yasashadi. Bolalar koʻpincha arvoh va yalmogʻiz kiyimini kiyib olib, uyma-uy yurib „Bizga bir nima ber yoki sehrlab qoʻyamiz!“ () — deyishadi. Bolalarga odatda shirinlik beriladi.

Kelib chiqish tarixi Halloweenning kelib chiqishi bir qancha qadimiy kuzgi bayramlarga borib taqaladi. Qadimda dindor boʻlmaganlar boshlagan udumlar keyinchalik bu kunni bayram sifatida nishonlash anʼanasiga aylanib ketgan. Bu bayramni ilk marotaba nishonlagan odamlar bir emas bir necha Xudoga ishonishgan. Oktyabrning oxirgi kechasi oʻlganlar ruhi yer yuzini aylanib yuradi deb hisoblanilgan. Bayram yana All Hallows’ Eve deb nomlanadi. Xristian cherkovida All Hallows’ Eve bayrami All Saints’ Day (Barcha avliyolar kuni)dan avvalgi kechadir. 1-noyabrda boʻladigan All Saints’ Day kunida barcha muqaddas xristian dini avliyolari eslanadi. Vaqt oʻtishi bilan Halloween diniy boʻlmagan bayramga aylanib ketgan.

Etimologiyasi Halloween yoki Halloweʼen („Avliyolar kechasi“) soʻzi nasroniy kelib chiqishiga egaThe A to Z of Anglicanism (Colin Buchanan), Scarecrow Press, p. 8; bu qadimgi ingliz tilida mavjud boʻlgan „All Hallows Eve“ (Barcha avliyolar kuni arafasi) iborasiga teng boʻlgan atamadir. Halloween soʻzi „All Hallows' Eve“ (Barcha avliyolar kunidan oldingi kecha) ning shotlandcha shaklidan kelib chiqqan: „“ shotlandcha „eve“ yoki „evening“ soʻzlarining muqobili boʻlib, „e'en“ yoki „een“ ga qisqartirilgan. Shunday qilib, (All) Hallow(s) E(v)en soʻzidan Hallowe'en ga oʻzgargan.

Simvollar

Halloween bilan bogʻliq buyumlar va ramzlar vaqt oʻtishi bilan rivojlanib borganRogers, p. 57The Encyclopedia of Witches, Witchcraft and Wicca, Infobase Publishing, p. 183. Anʼanaga koʻra, Barcha avliyolar kuni arafasida niqobdorlar yovuz ruhlarni qoʻrqitish uchun Jack-o'-lantern chiroqlarini koʻtarib yuradilarDanteʼs „Commedia“ and the Poetics of Christian Catabasis (Lee Foust), ProQuest, p. 15. Jack-o'-lantern haqida mashhur irland xristian xalq ertagi mavjud boʻlib, unda bu chiroq folklorda „ham jannatga, ham doʻzaxga kirishdan mahrum etilgan jon“ni ifodalashi aytiladiThe Guinness Encyclopedia of Ghosts and Spirits (Rosemary Guiley), Guinness World Records Limited, p. 178.

Irlandiya, Shotlandiya va Shimoliy Angliyada Halloween bayramida anʼanaviy ravishda sholgʻom oʻyilganThe Oxford companion to American food and drink p. 269. Oxford University Press, 2007. Retrieved 17 February 2011, biroq Shimoliy Amerikaga koʻchib kelgan muhojirlar qovoqdan foydalanishni boshlashgan. Qovoq sholgʻomga nisbatan ancha yumshoq va kattaroq boʻlgani uchun uni oʻyish osonroq edi. Amerika qovoq oʻymakorligi anʼanasi haqida 1837-yilda ilk marotaba qayd etilgan boʻlibNathaniel Hawthorne, „The Great Carbuncle“, in Twice-Told Tales, 1837: Hide it [the great carbuncle] under thy cloak, say’st thou? Why, it will gleam through the holes, and make thee look like a jack-oʻ-lantern!, dastlab bu anʼana faqatgina hosil yigʻish mavsumi bilan bogʻliq boʻlgan. Bu anʼana XIX asrning oʻrtalari va oxirlariga kelib, Halloween bayramigagina xos boʻlib qolganAs late as 1900, an article on Thanksgiving entertaining recommended a lit jack-oʻ-lantern as part of the festivities. „The Day We Celebrate: Thanksgiving Treated Gastronomically and Socially“ , The New York Times, 24 November 1895, p. 27. „Odd Ornaments for Table“ , The New York Times, 21 October 1900, p. 12..

Halloweenning zamonaviy tasviriy jihatlari turli manbalardan kelib chiqqan, jumladan xristian esxatologiyasi, milliy urf-odatlar, gotik va dahshatli adabiy asarlar („Frankenshteyn, yoki Zamonaviy Prometey“ va „Dracula“ kabi romanlar) hamda „Frankenshteyn“ (1931) va „Mumiyo“ (1932) singari klassik qoʻrqinchli filmlar shular jumlasidandirThe Rhetoric of Vision: Essays on Charles Williams (Charles Adolph Huttar, Peter J. Schakel), Bucknell University Press, p. 155Rogers, Nicholas (2002). „Halloween Goes to Hollywood“. Halloween: From Pagan Ritual to Party Night, pp. 103–124. New York: Oxford University Press. .. Xristian anʼanasida Golgofaga ishora qiluvchi bosh suyagi tasviri „oʻlim va inson hayotining oʻtkinchiligini eslatuvchi“ ramz sifatida xizmat qiladi va shu bois memento mori hamda vanitas kompozitsiyalarida uchraydiA Handbook of Symbols in Christian Art (Gertrude Grace Sill), Simon & Schuster, p. 64. Shu sababli, bosh suyaklari ushbu mavzuga aloqador boʻlgan Halloweenda foydalanilganIn flagrante collecto (Marilynn Gelfman Karp), Abrams, p. 299. Anʼanaga koʻra, cherkovlarning orqa devorlari „qabrlarning ochilishi va marhumlarning tirilishi, farishtalar toʻla jannat va shaytonlar toʻla doʻzax tasvirlangan Oxirat kuni manzarasi bilan bezatilgan“ boʻlib, bu motiv mazkur uch kunlik bayram nishonlanishiga chuqur singib ketganSchool Year, Church Year (Peter Mazar), Liturgy Training Publications, p. 115. Halloween mavzusidagi eng qadimgi asarlardan biri shotlandiyalik shoir John Maynening 1780-yilda yozgan asari hisoblanadi. U Halloween bayramidagi hazillar haqida „Qanday dahshatli hazillar yuz beradi!“ deb yozgan va shuningdek, bu tun bilan bogʻliq gʻayritabiiy hodisalar, jumladan „bogles“ (arvohlar) haqida ham aytib oʻtgan. Bu esa keyinchalik Robert Burnsning 1785-yilda yozilgan „Halloween“ asariga taʼsir koʻrsatganThomas Crawford Burns: a study of the poems and songs Stanford University Press, 1960. Kuz faslining qovoq, makkajoʻxori poʻchogʻi va qoʻriqchi kabi unsurlari ham Halloween anʼanasidan biri sifatida keng tarqalgan. Halloween paytida uylar koʻpincha ana shunday ramziy bezaklar bilan bezatiladi. Halloween tasvirlari oʻlim, yovuzlik va afsonaviy maxluqlar mavzularini oʻz ichiga oladiSimpson, Jacqueline „All Saints' Day“ in Encyclopedia of Death and Dying, Howarth, G. and Leeman, O. (2001) London Routledge , p. 14 „Halloween is closely associated in folklore with death and the supernatural“.. Qadimdan jodugarlar bilan bogʻliq boʻlib kelgan qora mushuklar ham Halloweenning keng tarqalgan ramzlaridan biridir. Qora, toʻq sariq va baʼzan binafsha ranglar Halloweenning anʼanaviy ranglari hisoblanadi.

Liboslar

Halloween liboslari anʼanaviy ravishda vampirlar, arvohlar, skeletlar, qoʻrqinchli koʻrinishdagi jodugarlar va iblislar kabi obrazlarga asoslangan edi. Vaqt oʻtishi bilan liboslar tanlovi kengayib, badiiy asarlarning mashhur qahramonlari, taniqli shaxslar va ninzalar hamda malikalar kabi umumlashgan timsollarni ham oʻz ichiga ola boshladi.

XIX asr oxirida Shotlandiya va Irlandiyada Halloween bayramida libos kiyib, „guising“ (niqoblanish) anʼanasi keng tarqalgan edi. Shotlandcha atama boʻlgan bu anʼana bolalar kiygan niqoblar yoki liboslar tufayli „niqoblanish“ deb atalgan. Irlandiya va Shotlandiyada niqoblar „soxta yuzlar“ nomi bilan tanilgan. Bu atama 1890-yilda Shotlandiyaning Ayr shahrida bir shotlandiyalik tomonidan niqoblanuvchilarni tasvirlash vaqtida yozib qoldirilgan: „Esimda, bu Halloween edi… kichkina bolalar allaqachon ish boshlab boʻlishgandi, soxta yuzlar paydoq ilish uchun niqoblarni taqib va qoʻllarida kichkina sholgʻom fonarlarini ushlab yugurib yurishardi“. AQShda XX asr boshlarida Hallowen ziyofatlarida libos kiyish ommalashdi, bu odat kattalar orasida ham bolalar orasida ham keng tarqaldi. 1920–1930-yillarda esa Kanada va AQShda „shirinlik yoki qitiqlash“ (trick-or-treat) anʼanasi ommalasha boshladi"'Trick or Treat' Is Demand", Herald (Lethbridge, Alberta), 4-noyabr 1927-yil, p. 5, dateline Blackie, Alberta, 3-noyabr.

Eddie J. Smith oʻzining „Halloween, Hallowed is Thy Name“ kitobida Barcha Avliyolar kechasi kiyim kiyishga diniy nuqtai nazardan yondashib, „bir paytlar bizni qoʻrqitgan va titratgan“ mavjudotlar qiyofasiga kirib, odamlar „Najotkorimiz tomonidan saltanati talon-taroj qilingan“ Shayton ustidan kulishlari mumkinligini yozadi. Skeletlar va marhumlarning tasvirlari memento mori (oʻlimni eslatuvchi) sifatida qoʻllaniladigan anʼanaviy bezaklardirSchool Year, Church Year (Peter Mazar), Liturgy Training Publications, p. 114Memento Mori, Museum of Art and Archaeology, University of Missouri.

Manbalar

Havolalar

Halloween, Open Directory Project Halloween tarixi, History Channel

Turkum:Bayramlar Turkum:Noyabr Turkum:Halloween Turkum:Alifbo boʻyicha bayramlar