Baykal yoki Baikal (turkiycha Boykoʻl; ; ) - Sharqiy Sibirning janubidagi chuchuk suvli koʻl. 456 m balandlikda joylashgan, togʻlar bilan oʻralgan. Maydoni 31,5 ming km². Uzunligi 636 km, oʻrtacha eni 48 km. Baykal dunyodagi eng chuqur (1620 m gacha) koʻl. Tektonik jarayonlar natijasida vujudga kelgan. Baykalga 336 ta daryo (shu jumladan Selenga, Barguzin, Yuqori Angara va boshqalar) quyiladi, Angara daryosi oqib chiqadi. Koʻlda 27 ta orol bor. Yanvarda muzlab, mayda muzdan boʻshaydi. Baykalda qariyb 1800 tur flora va fauna uchraydi. Baliq ovlanadi. Kema qatnaydi, yogʻoch tashiladi. Baykal sohilida Slyudyanka, Baykalsk shlari joylashgan. Listvyanka shaharchasida Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir boʻlimining Limnologiya instituti bor. Selenga daryosining quyi oqimi Rashiduddin (1247-1318) asarida Barkoʻjin yoki Barkoʻjintoʻkum deyilgan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Oʻrta Osiyo Turkum:Alfavit boʻyicha butun jahon yodgorliklari Turkum:Rossiya koʻllari