Baytur — arqogʻi (qarang Arqoq) juft qilib chiyratilgan, aksari qizil (baʼzan, toʻq koʻk) ipdan toʻqiladigan gazlama. Ilgari Qashqardan keltirilar, qisman Andijon, Oʻzgan va Oʻshda ham toʻqilar edi. Hozir toʻqilmaydi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil