Nikolay Dmitriyevich Bogdanov (1920.27.4, Dnepropetrovsk viloyati Lyubimovka qishlogʻi — 1945.31.1, Lvov) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Toshkentda chizmachi boʻlib ishlagan. 1941-yil iyuldan frontda. 34-gvardiyachi artilleriya polkida divizion komandir boʻlgan. Bogdanov 1943-yil 12—14-sentabrdagi janglarda oʻz artilleriyasi bilan oʻqchi qismlari tomonidan dushmanning Komarovka va Yevlashovka qishloqlaridagi tayanch punktlarini egallashlarida yordam bergan. 1943-yil 16-oktabrda Qahramon unvoniga sazovor boʻlganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Turkum:Sovet Ittifoqi Qahramonlari Turkum:1920-yilda tugʻilganlar Turkum:1945-yilda vafot etganlar Turkum:27-aprelda tugʻilganlar Turkum:31-yanvarda vafot etganlar