Bogʻi safid – Shohrux Boysunqur Mirzoga atab Hirotning shimoli-sharqida qurdirgan bogʻ. U hijriy 813-yilning 24-zulqaʼdasida (1411-yil 20-mart) tantanali suratda ochiddi. Bogʻdagi qasr oq (safed) marmardan qurilgan. Abdurazzoq Samarqandiy Bogʻi safidning bino etilishini taʼriflab, qasrini bezashda „Epchil qoʻlli naqqoshlar har bir xonaga (oʻz hunarlaridan) bir nusxa yasaganlar va har bir boloxonaga… bir manzarani ishlaganlar, qasr devorining izorasi va bogʻ atrofi devorlarining ustiga yashma toshi qoʻyilgan, ustiga boʻrttirib ishlangan rasmlar chizib, naqshlangan“, deb yozadi. Boysunqur Mirzo bogʻda istiqomat qilib, oʻz ilmiy, adabiy anjumanlarini ham shu yerda oʻtkazgan"" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Yana qarang Bogʻi Bobur

Manbalar

Turkum:Hirot Turkum:Bogʻlar