thumb

George Boole (2-noyabr 1815, Linkoln — 8-dekabr 1864, Ballintempl, Korka grafligi, Irlandiya) — ingliz matematigi va mantiqchisi. Matematik mantiqqa asos solgan. Maxsus matematik maʼlumotga ega boʻlmay, 1849-yilda matematika professor boʻlgan. "Mantiqning matematik taxlili" (1847), "Mantiqiy hisoblash" (1848), "Tafakkur qonunlarini tekshirish" (1854) asarlari muallifi. Alohida sistemalar (Bul algebralari) Boole nomi bilan atalgan.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Matematiklar