Nusrat Hamidovich Abdullayev (1933.14.7, Toshkent) — patofiziolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), tibbiyot fanlari doktori (1967). Professor (1970). 1972-yildan 1-Toshkent tibbiyot instituti patologik fiziologiya kafedrasi mudiri. Immunologiya ilmiy tadqiqot instituti direktori (1984-1987). Ilmiy ishlari ovqat hazm qilish aʼzolari, meʼda osti bezi, jigar va moddalar almashinuvi patologiyasiga bagʻishlangan. Abullayev tibbiyot institutining talabalari uchun darslik hamda bir qancha metodik qoʻllanmalar va lugʻatlar muallifiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1933-yilda tugʻilganlar Turkum:14-iyulda tugʻilganlar