Avtoulagich – temir yoʻl sostavi (lokomotivlar, vagonlar va hokazo)ni odam ishtirokisiz ulaydigan moslama. Avtoulagich harakatlanuvchi sostavlarning bir-biriga yaqinlashish yoki urilish kuchi ta’sirida ularni oʻz-oʻzidan ulaydi. Vagonlarni bir-biridan ajratishda esa odam ishtirok etadi: ajratish moslamasini ishga tushiradi. Avtoulagich dan foydalanish tufayli vagonlarni ulash, manyovr ishlari tezlashadi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil