Agatchagʻil togʻi — Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatidagi Sherobod-Sariqamish tizmasining bir qismi. Oqqapchigʻay darasidan Ulaynor dovonigacha (22 km ga) choʻzilgan. Mutlaq balandlik- 1280-1300 metrni tashkil etadi. Agatchagʻil togʻining janubi-sharqiy yon bagʻri tik va shimoli-gʻarbiy yon bagʻri esa qiyaroq. Agatchagʻil togʻi zamini boʻr davrining yashil gil, qumtosh, alevrolit, gips va ohaktoshlaridan, suvayirgʻich qismi qattiq ohaktoshlardan tuzilgan. Ohaktosh qatlamining baʼzi joylari suvda erib, kichik gʻorlar hosil qilgan. Togʻ etaklarida quruqsoy koʻp. Soylarning tagini prolyuviy jinslari qoplagan"" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Togʻlar Turkum:Surxondaryo viloyati geografiyasi Turkum:Oʻzbekistonning relef shakllari