Adventiv embrioniya (lot. adventus — tasodifiy va yun. Embryon — embrion, murtak) — oʻsimlik murtak tugunining urugʻlanmasdan, murtak qopchigʻi yoki urugʻkurtak qobigʻi hujayrasidan vujudga kelishi. Bunda koʻpincha bir qancha (20 tagacha) embrion hosil boʻladi (poliembrioniya). Koʻproq sitrus oʻsimliklari (mandarin, limon, apelsin va boshqalar)da uchraydi. Manbalar

Turkum:Botanika Turkum:Oʻsimliklar