Sherali Azimovich Azimov (1928– 1993) – gelmintolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1976), veterinariya fanlari doktori, professor (1972), Oʻzbekiston (hozirgi Samarqand) qishloq xoʻjaligi institutining veterinariya fakultetini tamomlagan. Oʻzbekiston veterinariya ilmiy tadqiqot instituti gelmintologiya laboratoriya mudiri (1957–1964), institut direktori (1965 – 1978). 1979-yildan Samarqand qishloq xoʻjaligi institutida professor Ilmiy ishlari Oʻzbekistonda uchraydigan asosiy gelmintoz kasalliklarining epizootologiyasi, patogenezi, diagnostikasi va ularga qarshi kurash choralariga bagʻishlagan.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1928-yilda tugʻilganlar Turkum:1993-yilda vafot etganlar