Alamdor — harbiy safar yoki muhoraba chogʻida biror boʻlinma, favj yoki qismning jangovar bayrogʻini koʻtarib yuruvchi, bayroqdor, yalovbardor. XVI asr ga mansub eski oʻzbek tili obidalarida, jumladan „Boburnoma“da qayd etib oʻtilgan.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil