Aleksandriya (Iskandariya) museyoni (yunoncha: museyon – muzalar ibodatxonasi) – Aleksandriya shahridagi qadimiy ilmiy, adabiy va oliy taʼlim muassasasi. Miloddan avvalgi III asrda podsho Ptolemey I Soter asos solgan. Uni oliy darajadagi kohin boshqargan. Ptolemeylar museyonga barcha ellinistik mamlakatlardan olim va yozuvchilar (masalan, Yevklid, Eratosfen, Kallimax va boshqalar)ni taklif qilgan. Museyon qoshida kutubxona boʻlgan. Kutubxonaga podsho tomonidan tayinlagan olim mudirlik qilgan. Miloddan avvalgi 48–yil Aleksandriya urushi vaqtida museyonning bir qismi yonib ketgan. Rim imperiyasi davrida museyon asta-sekin oʻz mavqeini yoʻqota boshlagan. 273-yil esa imperator Avrelian qoʻshinlari Aleksandriyani bosib olish chogʻida museyon va kutubxonani vayron qilib, oʻt qoʻyib yuborganlar.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Iskandariya