Amazonas, Amazonka — Braziliyaning eng yirik, lekin aholi siyrak shtati. Mamlakatning shim.-g‘arbida. Maydoni - 1567,9 ming km, aholisi - 21,1 mln. kishi (1991). Maʼmuriy marka-zi va yagona yirik shahri — Manaus. A. asosan Amazonka pasttekisligida joy-lashgan. Aholisining ko‘proq qismi me-tislar. Bir qancha indeys qabilalari ibtidoiy jamoa davri sharoitida ser-nam o‘rmonlarda yashaydi. Lateks (yov-voyi geveya daraxtining sharbati — ka-uchuk), braziliya yong‘og‘i va b. mevalar yig‘ish, qimmatbaho yog‘ochlar tayyorlash, yog‘ochdan xushbo‘y moylar olish A. qishloq xo‘jaligining asosini tashkil etadi. Dehqonchilik sust rivojlangan, hammasi bo‘lib bir necha o‘n ming gek-targa bir necha xil ekin (sholi, maniok, banan va b.) ekiladi. Ozroq miqdorda neft qazib olinadi. Manausda bir necha sanoat kor-xonalari (yog‘ochsozlik, gugurt, oziq-ovqat) va neftni qayta ishlovchi zavod bor"" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar