Amerika — ikki materik, yaʼni Shimoliy Amerika va Janubiy Amerikadan iborat qitʼa77Webster’s New World College Dictionary, 2010 by Wiley Publishing, Inc., Cleveland, Ohio."continent n. 5. a." (1989) Oxford English Dictionary, 2nd edition. Oxford University Press; „continent1 n.“ (2006) The Concise Oxford English Dictionary, 11th edition revised. (Ed.) Catherine Soanes and Angus Stevenson. Oxford University Press; „continent1 n.“ (2005) The New Oxford American Dictionary, 2nd edition. (Ed.) Erin McKean. Oxford University Press; „continent [2, n] 4 a“ (1996) 'Webster’s Third New International Dictionary, Unabridged. ProQuest Information and Learning; „continent“ (2007) Encyclopædia Britannica''. Retrieved January 14, 2007, from Encyclopædia Britannica Online.; ular orasidagi chegara odatda Daren boʻyni, baʼzan esa Panama boʻyni orqali oʻtkaziladi. Dunyodagi eng katta Grenlandiya oroli va yon-atrofidagi bir qancha boshqa orollar ham Amerika tarkibiga kiradi. Gʻarbiy yarim sharda, Atlantika va Tinch okeanlari orasida. Shimoliy Amerikada koʻpincha Markaziy Amerika va Vest-Indiya orollari alohida ajratiladi. Umumiy maydoni 42,5 million km. Aholisi 1,2 milliard kishi (2021). Grenlandiya va Shimoliy Amerikaning shimoli-sharqiy sohili X—XI asrlarda normannlar tomonidan kashf etilgan deb hisoblanadi. Antil orollari, Janubiy Amerika sohilining shimoliy qismi hamda Shimoliy Amerikadagi Karib dengizi sohilining janubiy qismini 1492—1503-yillarda X. Kolumb kashf etgan. Amerika rasmiy kashf etilishidan 5 asr ilgari Beruniy Gʻarbiy yarim sharda ham quruqlik boʻlishi mumkin degan fikrni aytgan. Amerika italiyalik tadqiqotchi Amerigo Vespucci nomiga qoʻyilgan.

Manbalar

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil