Amoriylar, amurru – Qadimgi Arabistondan chiqqan somiy qabilalar. Mil.av. 24—XVI asrlarda Suriya dashtlarida yashagan. Amoriylar miloddan avvalgi 2024-yil elamiylar bilan birga Oʻrning III sulolasi davlatini tor-mor keltirib, miloddan avvalgi 1894-yil Bobilni bosib olib tarixda muhim oʻrin tutgan podsholikka asos solgan. Keyinchalik Ikki daryo oraligʻi, Suriya, Falastinning mahalliy aholisi bilan aralashib ketgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikdan amoriylar yerlari Suriya deb atala boshlagan. Manbalar
Turkum:Qabilalar