Analeptiklar — uzunchoq miyadagi nafas olish va tomirlarni harakatlantirish markazlarini faollashtiruvchi moddalar (kofein, kordiamin, korazol, kamfora va boshqalar). Markaziy nerv sistemasiga taʼsir etib, organizmning hayotiy faoliyatini oshirish, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini kuchaytirish xususiyatiga ega.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil