Angiokardiografiya (angio…, yun. kardia — yurak va grapho — yozaman, tasvirlayman) — rentgenologik tekshirishda yurak va yirik tomirlar ichiga kontrast modda yuborib, ularning soya tasvirini olishga imkon beradigan usul. Yurakning asosan tugma poroklari tavsifini aniqlash uchun qoʻllanadi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil