Antares — Aqrab (Chayon) yulduz turkumining 1-kattalikdagi ravshanligi oʻzgaruvchan eng yorugʻ yulduzi (asi). Uzoqligi—400 yorugʻlik yiliga teng. Diametri Quyosh diametridan 300 martacha katta. Oʻzbekistonda oʻrta kengliklarda may, iyun oylarida ufq yaqinida koʻrinadi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Yulduzlar