Apofema (yun. apotithemi — bir tomonga qoʻyaman) 1) muntazam koʻpburchak apofemasi — muntazam koʻpburchak markazidan biror tomoniga tushirilgan perpendikulyar chiziq uzunligi; 2) muntazam piramida apofemasi — muntazam piramida yon uchburchagining balandligi; 3) muntazam kesik piramida apofemasi — muntazam kesik piramidaning yon yogʻi boʻlmish trapetsiya balandligining uzunligi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil