Ardasher Sayid Hasan (1418 – Hirot – 1489) – turkiy shoir, olim. Ardasherning otasi temuriylardan Boysunqur Mirzo xizmatida ov qushlarini oʻrgatuvchi boʻlib, qushbegilik lavozimigacha koʻtarilgan. Shuning uchun Aradasher oʻz ismiga „sayid“ laqabini qoʻshgan. Arab tili, badeʼ ilmi, tarix, musiqa nazariyasi, sheʼr sanʼatini chuqur bilgan. Turkiy, fors tillarida ijod qilgan. Navoiy bilan Mashhadda tanishgan (1456), uning ijodiy kamolotiga katta taʼsir koʻrsatgan. „Bu faqirgʻa ota masoba (dara-ja)sida erdi“, – deb yozgan edi Navoiy „Majolis un-nafois“da. Shu kitobida Navoiy Ardasher haqida maʼlumot beradi, uning bir qitʼa va bir baytini namuna sifatida keltiradi. Ardasher ijodidan boshqa asarlari bizgacha yetib kelmagan.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Temuriylar Turkum:1418-yilda tugʻilganlar Turkum:1489-yilda vafot etganlar Turkum:Hirot kishilari Turkum:Chigʻatoy tilida ijod qilgan shoirlar