Arena (lotincha: arena — qum) — 1) qadimgi Rim tomoshaxonalarining amfiteatr oʻrtasidagi qum sepilgan aylana maydoni. Sport oʻyinlari, gladiatorlar urushi, oʻlimga mahkum etilganlarning yovvoyi hayvonlar bilan jang tomoshasi uchun moʻljallangan; 2) hozirgi zamon sirkida tomosha joyi, oʻyin maydoni. U hozir manej deb ataladi. Sirk Arenasining diametri 13,5 m; 3) sport maydoni — maxsus sport turlari boʻyicha oʻquv trenirovka mashgʻulotlari va musobaqalari oʻtkazishga moʻljallangan, yetarlicha jihozlangan maxsus sport inshooti, oʻyingoh sahni, boks, yengil atletika, kurash va shu kabi musobaqalar joyi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil