Asterokalamit (Asterocala-mites) – qirqboʻgʻindoshlar oilasiga mansub sporali oʻsimliklar. Faqat qazilma holda uchraydi. Tanasi boʻgʻimlarga boʻlingan, sirti qirrali. Barglari ingichka va koʻp boʻlakli, 5 turi aniqlangan. Asterokalamitning shoxchasi, sporali shoxlarining izlari, sporasi va yogʻochi Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Oʻzbekistonning Hisor togʻlari va boshqa hududlaridagi devon karbon qatlamlaridan topilgan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil