ALOQADOR SAHIFALAR Ksilolit Qurilish materiallari Bitumli va qatronli bogʻlovchilar|thumbnail|right|Asfalt zavodi Asfalt – bogʻlovchi qurilish materiali; bitumga mayda mineral toʻldirgich qoʻshib tayyorlanadi. Asfaltning tabiiy (nisbatan kam uchraydi) va sun’iy xillari bor. Tabiiy asfalt neftdan, gipergeneza (atmosfera) ta’sirida yengil fraksiyalarning bugʻlanishi va oksidla-nishi natijasida hosil boʻladi. Sun’iy asfalt asosan, 13–60% neft bitumning ohaktosh kukuni bilan aralashmasidan tayyorlanadi. Asfalt gidroizolyatsiya materiali sifatida, pol va yoʻllarga yotqizish, qoplamalar toʻshash uchun qum, shagʻal, chaqiq tosh bilan aralashtirib ishlatiladi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil