Atirgul – atirgul shaklidagi bezak, amaliy bezak san’atida keng qoʻllanadi. Atirgul kashtachilik (jumladan, doʻppidoʻzlik)da milliy iroqi usuli bilan tikib, zargarlik (bilaguzuk yuziga), miskarlik (mis idishlar bezagi)da oʻyib yaratiladi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil