Muxtor Ashrafovich Ashrafiy (1912.11.6, Buxoro — 1975.15.12, Toshkent) — kompozitor, dirijyor. Oʻzbek operasi asoschilaridan. O‘zbekiston SSR xalq artisti (1939).
Taʼlim Samarqand musiqa va xoreografiya ilmiy tadqiqot institutida tahsil olgan (1928—1930). Kompozitsiyadan S. N. Vasilenko, B. S. Shexter, M. O. Shteynberglardan taʼlim olgan. Peterburg konservatoriyasini dirijyorlik boʻyicha tugatgan (1948).
Mehnat faoliyati 1930-yildan Oʻzbek davlat musiqali teatri, keyinchlik Navoiy nomidagi Oʻzbek opera va balet teatrining badiiy rahbari va bosh dirijyori, direktori (1967—1971), 1944-yildan Toshkent konservatoriyasining oʻqituvchisi, professor (1953-yildan), rektori (1947–62; 1971—1975). Samarqand opera va balet teatrining direktori, badiiy rahbari va bosh dirijyori (1964—1966).
Ijodi Birinchi asari — „Sodrash“ marshi T. Sodiqov va Sh. Ramazonov bilan hamkorlikda yuzaga kelgan (1929). Ustozi S. N. Vasilenko bilan hamkorlikda ilk oʻzbek operalari „Boʻron“ (Komil Yashin librettosi, 1939) va „Buyuk kanal“ (Komil Yashin va Mamajon Rahmonov librettosi, 1940)ni yaratgan. „Qahramonlik“ (1942), „Gʻoliblarga shon-sharaflar“ (1944) simfoniyalari, „Dilorom“ (Komil Yashin va M. Muhamedov librettosi, 1958), „Shoir qalbi“ (I. Sulton librettosi, 1960—1961) operalari, „Sevgi tumori“ (1969), „Matonat“ (1971), „Muhabbat va qilich“ (1973) baletlari, „Rustam haqida doston“ (1975, „Shohnoma“ asosida) oratoriyasi oʻzbek musiqa madaniyatiga qoʻshilgan katta hissa boʻldi. „Vaqt taronasi“ kantatasi (1952), „Bahor yeli“ (1937), „Nasriddin Buxoroda“ (B. Arapov bilan hamkorlikda, 1942), „Opa-singil Rahmonovalar“ (1954), „Natashaxonim“ (1965), „Koniyut gʻorining siri“ (1967), „Semurgʻ“ (1972), „Gang uzra tong“ (1975) kabi kinofilmlarga musiqa yozgan, sim-fonik poema va syuitalar yaratgan. „Dilorom“ operasi asosida birinchi oʻzbek film-operasi yaratildi.
Mukofotlari „Hamza“ nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1970) hamda J. Neru (1971), J. A. Nosir (1972) xalqaro mukofotlari laureati.
Oilasi Qizi — Muqaddima (1936—2013), sharqshunos Oʻgʻli — Firuz (1937—2009), arxitektor 4 nafar nabirasi bor.
Nomini abadiylashtirish Toshkent konservatoriyasi va Toshkentdagi koʻchalardan biriga Ashrfiy nomiga berilgan. Toshkentda Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi tashkil qilingan. Shuningdek, Buxoro markazida uning nomi bilan ataladigan koʻcha bor. Abdurauf Fitrat asos solgan musiqa maktabi hozirgi kunda Buxoro ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabiga aylantirilgan va unga Muxtor Ashrafiy nomi berilgan.
Manbalar
Adabiyotlar As: Oʻzbek qushiqlari, T., 1939; Vto-raya simfoniya, M., 1942, Pervaya simfoniya („Geroicheskaya“), M., 1945; Kantata „Oʻzbekiston“, T., 1948; Tadjikskaya tansevalnaya syuita, M., 1957; Arii iz operi „Dilorom“, T., 1972; „Amulet lyubvi“, klavir, T., 1973; Muzika v mosi jizni, T., 1975.Ad..Djabbaro v A., Solomonova T., Kompozitori i muzikovedi Oʻzbekistana, T., 1975; Pekker Ya. B., Oʻzbekskaya opera, M., 1984OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Turkum:O‘zbekiston musiqa o‘qituvchilari Turkum:O‘zbekiston konservatoriyasi o‘qituvchilari