VILAND (Wieland) Genrix Otto (, Pforsxeym, — , ) — nemis organik kimyogari va biokimyogari. Falsafa fanlari doktori (1901), ekstraordinar professor (1909), Freyburg universiteti professor (1917). Asosiy ishlari gormonlar, steroidlar, alkaloidlar, xlorofill va gemoglobin kimyosiga bagʻishlangan, Tirik organizmlarda organik birikmalarning oksidlanishi, shu jumladan biologik oksidlanish jarayonlarini chuqur oʻrgangan, degidridlanish nazariyasiga (Palladii V. bilan bir vaqtda) asos solgan. Oʻt kislotalari va shunga oʻxshash birikmalar tuzilishini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1927)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Germaniyalik Nobel mukofoti sovrindorlari