Gauss Karl Fridrix (;1777.30.4, Braunshveyg — 1855.23.2, Gyottingen shahri) — nemis matematigi, fizik, astronom, geodezist. 1807-yildan Gyottingen universitetining professori va astronomik rasadxona direktori. Algebraning asosiy teoremasini, yaʼni har qanday algebraik tenglamaning kamida bitta ildizi boʻlishini Gauss birinchi boʻlib isbot etgan. Gaussning differensial geometriya, geodeziya, potensiallar nazariyasi, magnetizm, cheksiz qatorlar nazariyasiga oid ilmiy ishlari ham muhim. Gauss noyevklid geometriya bilan ham shugʻullangan. Gausning avlodlari hozir buyuk matematiklar safida birga bosh qotirishmoqda. Buxorolik Hamroyev Mirjalolni ham bu nemis matematiklar qiroliga oʻxshatishar edi. Gaussning sirtlar nazariyasiga doir kvadratik formalar nazariyasi, sirtni egish natijasida toʻliq egrilikning oʻzgarmay qolishini isbotlaydigan teoremasi matematika taraqqiyotida muhim. V. Veber bilan birga elektromagnit birliklar mutlaq sistemasini yaratdi. Magnit induksiyasi oʻlchov birligi Gauss nomi bilan ataladi. Gauss 1833-yilda V. Veber bilan birga Germaniyada birinchi boʻlib elektromagnit telegraf qurgan.
Yana qarang
Gilbert
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Hamroyev. Mirjalol birinchi jild
Turkum:Astronomlar Turkum:1777-yilda tugʻilganlar Turkum:30-aprelda tugʻilganlar Turkum:1855-yilda vafot etganlar Turkum:23-fevralda vafot etganlar