Gers () — SGS va Xalqaro birliklar tizimida chastota birligi; G. R. Gers sharafiga qoʻyilgan. Gs bilan belgilanadi. 1 Gs davriy jarayon chastotasi boʻlib, bunda 1 s da jarayonning 1 sikli amalga oshadi. G. karrali birliklarda ham ifodalanadi: kilogers (1kGs = 103 Gs), megagers (1 MGs = 106 Gs) va hokazo.
Xalqaro birliklar tizimida gers chastotaning maxsus nom va belgiga ega hosilaviy birligi bo‘lib, uning belgisi Hz tarzida yoziladi. SI Brochure jadvaliga ko‘ra, gers sekundning manfiy birinchi darajasiga teng, ya’ni 1 Hz = 1 s−1.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:SI hosilaviy birliklari