Gipatiya (Hypatia), Aleksandriyalik Ipatiya (370—415) — birinchi ayol olima matematik, astronom, faylasufneoplatonik. Aleksandriyalik matematik Teonning qizi. Afinada oʻqib bitirgandan soʻng, Aleksandriya muzeyida astronomiya, matematika va falsafadan dars bergan. Platon, Aristotel, Apollon, Pergskiy va Diofantlarning ishlariga sharhlar yozgan. Biroq, bu sharxlar bizgacha yetib kelmagan. Gipatiya mutaassib xristianlar qurboni boʻlgan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Kishilar Turkum:Tarixiy shaxslar Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Matematiklar Turkum:Faylasuflar Turkum:370-yilda tugʻilganlar Turkum:415-yilda vafot etganlar