Gubin Viktor Ivanovich (1917.24.11, Vladivostok — 1975.22.4, Toshkent) — geofizik, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1962), fizika matemetika fanlari doktori (1958), professor (1960), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967). Toshkent Davlat Universitetini tamomlagan (1941). Toshkent Irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanzatsiyalash muhandislari institutida ishlagan (1945—1958), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika instituti direktori oʻrinbosari (1958 — 1960) va direktori (1960—1962), boʻlim boshligʻi (1963—1975). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika va matematika fanlari boʻlimi akademik kotibi (1962—1963).

Gubin frontogenez uchun qulay sharoit vujudga keltiradigan usullarni topgan, meteorologik elementlarni oldindan aytib berish masalalarini tekshirgan; temperatura va bosimning advektiv oʻzgarishlarini oldindan hisoblash va bosim boʻyicha shamol tezligini aniqlash usulini taʼriflab bergan, qisqa muddatli ob-havoni oldindan aytib berishning miqdoriy usullarini mukammallashtirgan.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1917-yilda tugʻilganlar Turkum:24-noyabrda tugʻilganlar Turkum:1975-yilda vafot etganlar Turkum:22-aprelda vafot etganlar Turkum:Toshkentda vafot etganlar