Gultojixoʻroz, tojixuroz () — gultojixoʻrozdoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻt poyasi tik, boʻyi 10—70 sm. Barglari yirik, uzuznligi 5—7 sm, eni 2,5 sm, uzun bandli. Tupguli har xil shaklda, asosan, barg qoʻltigʻida joylashgan. Rangi toʻq qizil yoki koʻkish sariq tusli. Gullari ikki jinsli, gulqoʻrgʻoni oddiy, changchisi 5 ta. Mevasi koʻp urugʻli koʻsakcha, urugʻidan koʻpayadi. Oʻzbekistonning deyarli barcha joylarida manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Ikki pallali oʻsimliklar Turkum:Biologik turlar